97
VIII BOB. MILLIY KURASHCHILARNING RUHIY
TAYYORGARLIGI
8.1. Milliy kurash bilan shug‘ullanuvchilarning umumiy ruhiy
tayyorgarligi
Ruhiy tayyorgarlik.
Bu intelektual, axloqiy, etik-estetik, va
irodaviy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi,
u kurashchilarning
mashg‘ulotlari paytida ham musobaqalar jarayonida va shuningdek,
shug‘ullanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida amalga oshadi. Ruhiy
tayyorgarlik kurashchining ongli xatti-harakati,
ishlarida ham
namoyon bo‘ladi. Axloqiy, irodaviy sifatlar va xatti-harakatlarni
tarbiyalash hamda ularning to‘g‘ri namoyon bo‘lishidagi asosiy narsa
qat’iy e’tiqod, tuyg‘u, axloq talablariga mos bo‘lgan odatlardir. Shu
boisdan ham ko‘p yillik mashg‘ulot jarayonida shug‘ullanuvchilar
ongida burch va sport,
shon-sharaf, o‘rtoqlik va boshqa millat
kurashchilariga hurmat, jamoa oldidagi mas’uliyat hislarini,
vatanga
va kurashga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash, ayniqsa muhimdir.
Kurashchining irodaviy tayyorgarligi o‘quv mashg‘ulotlarida,
kurashning munozarali vaziyatlarida va musobaqalar vaqtida
maqsadga erishishga qaratilgan
xatti-harakatlardan tashqari, uning
mehnat qilish, o‘qish va jamoat ishlariga faol ishtirokida ham yaqqol
ko‘rinadi. Mashg‘ulot jarayonidagi bu xatti-harakatlar har doim
maqsadga erishish yo‘lidagi turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarni
yengish bilan bog‘langan.
Ruhiy tayyorgarlik butun o‘quv-mashg‘ulot
va tarbiyaviy
jarayonga singib ketib, kurashchini ayrim mashg‘ulotlarda, muayyan
biron-bir bellashuvda va umuman musobaqalarda uchraydigan
qiyinchiliklarni yengishga moyil qiladi. Shuning uchun ham
musobaqalarga ruhiy tayyorgarlik bu
kurashchi va murabbiy bilan
birgalikda amalga oshiriladigan, his-tuyg‘ularni tartibga soladigan va
bu his-tuyg‘ularni boshqarishga, bellashuv vaqtida raqibining
tushunishga qaratilgan harakatlar texnikasi
va taktikasining nozik
tomonlarini anglay oladigan jarayon sanaladi.
Dostları ilə paylaş: