O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Milliy kurashchilarning musobaqaoldi ruhiy tayyorgarligi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

8.2. Milliy kurashchilarning musobaqaoldi ruhiy tayyorgarligi 
 
Oldinda turgan musobaqaga ruhiy tayyorgarlik umumiy ruhiy 
tayyorgarlik asosida tashkil qilinadi va u quyidagi aniq vazifalarni 
hal etishga qaratilgan: 
- kurashchilarning oldinda turgan musobaqalar ahamiyatini 
anglashi; 
- oldinda turgan musobaqalar sharoitlari (o‘tkazish vaqti, joyi) 
xususiyatlarini o‘rganish; 
- raqibning kuchli va bo‘sh tomonlarini o‘rganish, ularni 
hamda o‘zining hozirgi vaqtdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish; 
- oldinda turgan musobaqalarda g‘alabaga erishish uchun o‘z 
kuchi va imkoniyatlariga qattiq ishonishni shakllantirish; 
- oldinda turgan musobaqalar tufayli yuzaga kelgan salbiy 
hayajonlarni yengib o‘tish va tetik emotsional holatni yaratish. 


104 
Birinchi to‘rtta vazifalar raqib to‘g‘risida turli, mumkin qadar 
to‘liq ma’lumotni to‘plash hamda ishlab chiqish asosida murabbiy 
tomonidan hal etiladi. 
Raqib to‘g‘risidagi hamma ma’lumotlarni o‘rganib chiqib va 
uning imkoniyatlarini o‘z kurashchisi imkoniyatlari bilan solishtirib, 
murabbiy oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab chiqadi. Uni 
amalga oshirish o‘quv-mashg‘ulotlarda modellashtiriladi hamda 
batafsil aniqlanadi. 
Beshinchi vazifani hal etish uchun quyidagi uslubiy usullardan 
foydalanish mumkin: 
- o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini ma’qullash yordamida 
kurashchi tomonidan salbiy hayajonlarni ongli ravishda bostirish; 
- kurashchilarning alohida xususiyatlari va ularning emotsional 
holatiga qarab, badan qizdirish mashqlari vositalari hamda 
uslublaridan maqsadli foydalanish; 
- autogen va ruhiy boshqarish mashg‘uloti vositalari hamda 
uslublaridan foydalanish. 
8.3. Milliy kurashchilarning ruhiy tayyorgarligi va texnik-taktik 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin