96
kurashchilar va sport ustalari bilan turli xil o‘quv, nazorat va
kalendar musobaqalarini doimo rejalashtirish va o‘tkazib borish
kerak. Nazorat musobaqalarida vaqtni qisqartirib va oshirib hamda
musobaqa qoidalari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazish lozim.
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar
1. Kurashda usullar texnikasi va harakatlar taktikasi qanday
namoyon bo‘ladi?
2. Usul tizimlariga ta’rif keltiring.
3. Texnik harakatlar tasnifiga ta’rif keltiring.
4. Kurashdagi turish holatlarini izohlab bering.
5. Siljib yurishlar deganda nima tushuniladi?
6. Milliy kurashda qanday ushlash variantlari mavjud?
7. Muvozanatdan chiqarish, aldash va soxta harakatlar deganda
nima tushuniladi?
8. Asosiy usul va harakatlar qanday amalga oshiriladi?
9. Kurashdagi taktik harakatlar tasnifi va mazmuniga ta’rif
keltiring.
10. Asosiy taktik harakatlarni izohlang.
Dostları ilə paylaş: