90
7.2. Usul tizimlari va texnik harakatlar tasnifi
Kurashchining texnik usullari haqida umumiy tasavvurga ega
bo‘lish uchun tayyorlovchi va asosiy guruhlar berilgan. Usullarni
tayyorlovchi guruhida kurashchining asosiy holati va harakatlari,
asosiy guruhda uloqtirish, himoya va qarshi usullar ochib berilgan. 1
va 2 guruhlarda turli xil kombinatsiyalashgan harakatlar bo‘lishi
mumkin.
Kurash texnikasi usullari va harakatlar taktikasining o‘zaro
bog‘liqligini tushunish uchun kurashdagi taktik harakatlar tizimini
o‘rganish zarur. Undan biz, harakatlarning 3 guruhi borligini, ya’ni
birinchi tayyorlovchi harakatlar-bular asosiy harakatlar: kuzatish,
raqibining zaif tomonlarini qidirish, manyovr qilish, hiyla ishlatish,
raqibini chalg‘itishlarning muvaffaqiyatini ta’minlashi kerak.
Ikkinchi asosiy taktik harakatlar-hujum va himoya harakatlari, qarshi
hujum harakati, 3 ayrim usul va harakatlarini qo‘llab turlicha
kurashish, mashg‘ulot bellashuvi, turnir, musobaqa bellashuvlari va
hokazo.
Kurash usullari va taktik harakatlar to‘g‘risida umumiy
tasavvurga ega bo‘lgan usullar tizimini va taktik harakatlar tasnifini
tahlil qilamiz. Bu tasnifda kurash usullari tizimini o‘qish, ya’ni,
jarayondagi
o‘rganish izchilligida tuzishga harakat qilindi.
Shubhasiz, usullar tizimining bunday tuzilishi qat’iy emas, albatta.
Shu sababli ham bir murabbiy ta’lim izchilligini shug‘ullanuvchilar
kontingentiga qarab ijodiy ravishda o‘zgartirish va takomillashtirish
mumkin
7
.
7.3. Kurash usullaridagi tayyorlovchi hamda asosiy bo‘limlar va
guruhlarga o‘tishdagi izchillik
Tayyorlovchi harakatlar - asosiy holat va harakatlar.
1. Kurashdagi turish holatlari va ularning xilma-xilligi.
Kurashchining yakka holdagi turishi: chap, o‘ng, frontal,
yuqori, o‘rtacha past.
Juft-juft bo‘lib turish: chap, o‘ng, frontal, turli tomonlama,
yuqori, o‘rtacha past.
Masofalar: yaqin, o‘rtacha, uzoq, ushlamagan vaqtdagi.
Dostları ilə paylaş: