89
VII BOB. KURASHCHILARNING TEXNIK, TAKTIK
TAYYORGARLIGI BIRLIGI VA USULLARGA O‘RGANISH
USLUIBIYATI
7.1. Umumiy qoidalar
Kurashda usullar texnikasi va harakatlar taktikasi bir butun
holatda namoyon bo‘ladi. Texnika - kurash usullarini bajarish uslubi,
taktika esa kurash vaqtida turli xil vazifalarni hal etish uchun texnik
harakatlarni qo‘llash usulidir. Bunda o‘zi hamda raqibining
imkoniyatini hisobga olish kerak, albatta.
Kurashish
usullari
va
harakatlariga
o‘rgatish, ularni
takomillashtirishni quyidagi tamoyil asosida ya’ni usul harakatlariga
o‘rgatish va ularni takomillashtirish har bir usul va harakatlarni ularni
kombinatsiyalarini tushunish asosida olib borish lozim.
Texnik tayyorgarlik - o‘quv-mashg‘ulot jarayonining eng
muhim tomoni. O‘quv yillari davomida takomillashtiriladi va
yakkalashtirilib (individuallashtirib) boriladi. Shuning uchun ham
unga katta e’tibor beriladi. Kurashchining texnikasi qanchalik boy
bo‘lsa, hamda u kurashdagi ayrim usullar va harakatlarning taktik
ma’nosini qanchalik yaxshi tushunsa, uning taktik mahorati
shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kurashchining
texnik
tayyorgarlik
darajasining
yuqori
bo‘lishligi bu texnik tayyorgarlikka, ya’ni kurash sohasidagi harakat
ko‘nikmalarini
konkret
ravishda
tarkib
toptirish,
ularni
takomillashtirish, shu bilan birga eng muhim jismoniy va irodaviy
sifatlarni rivojlantirishga bog‘liq ekanligiga asoslanishi kerak. Shu
sababli kurash maktabi bilan belgilangan harakat usullari va ish
ko‘rish usullarini tarkib toptirish va takomillashtirishda faqat usullar
texnikasini egallab olish emas, balki turli raqiblar kurashganda, shu
texnikani mohirona qo‘llash muhimdir. Bu - kurashchi kurash
texnikasini yuksak darajada egallangan bo‘lishi va kurash vaziyatida
g‘alabaga erishish uchun mana shu texnikani mohirona qo‘llay
bilishi, ya’ni rangbarang taktikaga ega bo‘lishi kerak, degani.
Bularning hammasi texnika va taktika bir-biri bilan o‘zaro
chambarchas bog‘lanibgina qolmay, balki axloqiy va irodaviy
tayyorgarlik jihatidan ham o‘zaro bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: