111
Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan
tasdiqlangan va maxsus
sertifikatga ega bo‘lgan hakamlar faoliyat ko‘rsatadi.
2. Hakamlar hay’ati tarkibi:
- bosh hakam;
- bosh hakam yordamchilari,
ularning soni, musobaqalar
o‘tkaziladigan gilamlar sonidan bir kishiga ko‘p bo‘lishi lozim;
- bosh kotib va gilamlar kotiblari;
- gilamdagi hakamlar va yon hakamlar;
-
vaqtni nazorat qiluvchi hakam;
- tablodagi hakam;
- e’lon qiluvchi hakam;
- musobaqa komendanti;
- musobaqaning tibbiy xodimi (shifokor).
Bosh hakam musobaqaning, kurash qoidalariga asosan tashkil
qilinishi
va
o‘tkazilishiga mas’ul shaxsdir. Bosh hakam
ko‘rsatmalarini
kurashchilar,
guruh
boshliqlari,
murabbiylar,
hakamlar va barcha qatnashchilar bajarishlari shart.
Bosh hakam vazifalari:
- musobaqa o‘tkaziladigan joy (sport zali yoki stadion),
jihozlar va gilamlarning tayyorlanishi tekshiradi;
- qur’a tashlash jarayonida kuchli
kurashchilarni ikki guruhga
bo‘ladi;
- hakamlarni gilamlarga taqsimlaydi;
- musobaqa jadvalini tuzadi;
- kurashchilarni tarozida tortish uchun hakamlarni belgilaydi;
- har bir olishuv uchun hakamlarni tayinlaydi va ularning
harakatlarini nazorat qilib boradi;
- musobaqa boshlanishidan oldin hakamlar hay’atining
majlisini o‘kazadi;
- musobaqa davomida har kuni musobaqalardan so‘ng
hakamlar hay’ati, murabbiylar, jamoalar vakillari bilan birgalikda shu
kungi musobaqaning natijalarini va hisobotini ko‘rib chiqadi,
kamchilik va nuqsonlarni o‘z huquqi va imkoniyati doirasida bartaraf
qiladi;
- agar zururiyat bo‘lib qolsa, hakamlar hay’ati
majlisini har
qanday vaqtda o‘tkazishi mumkin;
- hakamlarning musobaqaga tayyorgarligini va musobaqa
jarayonini baholab boradi;
112
- musobaqadan keyin uning qay darajada
tashkil qilinganligi
va o‘tkazilganligi haqida yozma hisobot bayonini to‘ldirib, tegishli
tashkilotga topshiradi.
Dostları ilə paylaş: