O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar 
1. Kurashchining ruhiy tayyorgarligini ta’riflab bering. 
2. Kurashchining umumiy ruhiy tayyorgarligi vazifalarini 
aytib bering. 
3. Kurashchining iroda sifatlariga tavsif bering va uni 
tarbiyalash uslubiyatini tushuntiring. 
4. Kurash etikasiga ta’rif keltiring. 
5. Kurashchilarning odob - axloq normalarini aytib bering. 
6. His qilish, diqqat, taktik fikrlash uslubiyatini tushuntirib 
bering. 
7. Kurashchining muayyan musobaqaga ruhiy tayyorgarligi 
vazifalarini izohlab bering va uni amalga oshirish yo‘llarini 
ko‘rsating. 
8. Tayyorgarlikning umumiy tizimida kurashchining ruhiy 
tayyorgarligi qanday o‘rin egallaydi? 
9. Milliy kurashda o‘z-o‘zini boshqarishning qanday ruhiy 
uslublari qo‘llaniladi? 
 
 
 


109 
IX BOB. MILLIY KURASHDAN MUSOBAQALARNI 
TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH QOIDALARI
8
 
Musobaqa – bu o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tarkibiy 
qismidir. Mashg‘ulot jarayonida odatda, kurashchining yuqori sport 
natijalariga erishishiga yordam beradigan hamma sifatlarni yuksak 
darajada namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish imkoniyati yo‘q. 
Musobaqalarda har bir kurashchi o‘z raqibini yengishga 
intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab 
qiladi. Bu nafaqat insonning funksional imkoniyatlarini namoyon 
qilishga imkon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Musobaqalar quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: 
- sport jamoasida o‘quv-mashg‘ulot ishi ahvolini aniqlash; 
- kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash; 
- u yoki bu tayyorgarlik bosqichida o‘quv-mashg‘ulot ishiga 
yakun yasash; 
- kurashni targ‘ib qilishga va shug‘ullanuvchilar sonini 
oshirishga yordam berish. 
Musobaqalarning xususiyatlari, ularni o‘tkazish usullari, 
musobaqalar nizomida belgilab berilgan. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin