O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

mahorati birligi 
 
Texnik-taktik mahoratni takomillashtirish ruhiy tayyorgarlik 
bilan ajralmasdir. Kurashchining taktik harakati ishonchliligi uning 
emotsional qobig‘i va bilish jarayonlari darajasi bilan ta’minlanadi. 
Texnik-taktik harakatlarga o‘rgatish taktik fikrlash, koordinatsiya, 
tezkorlik va sezuvchanlikni rivojlantiradi. 
Taktik qaror - bu kurashchining fikrlash faoliyati mahsulidir. 
Kurashchi taktik holat obrazlarini ishlatadi hamda “kelishilgan” va 
“kelishilmagan” tamoyili bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ruhiy 
tayyorgarlik umumiy tayyorgarlik tizimiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Jismoniy tayyorgarlik o‘z navbatida takomillashuvning o‘ziga xos 
poydevori, texnik-taktik tayyorgarlik kurashchining jismoniy va 
ruhiy imkoniyatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. 
Tanlashni bilish hamda qabul qilingan qarorni bajarish tezligi 
kurashchi ruhiy tayyorgarligining eng muhim tomoni hisoblanadi. 
Ruhiy tayyorgarlikda kurash bellashuvining turli vaziyatlarida 
kurashchining to‘g‘ri bir qarorga kela olish qobiliyatini hisobga olish 
lozim. 
Bunday harakatlarni to‘rt xil varianti mavjud va ular bir-
biridan farqlanadi. 


105 
Birinchi tipdagi kurashchilar xatti-harakatning qat’iy dasturi 
bo‘yicha harakatlar: bunda kurashchi o‘z raqibini u muayyan bir 
usulni bajarayotgan vaqtida “qo‘lga tushirish”ni oldindan mo‘ljallab 
qo‘yadi. Buning uchun u xuddi o‘sha paytning kelishini poylab turadi 
hamda hujumga o‘tish uchun tug‘ilgan imkoniyatlarning boshqa 
variantlarini tan olmay turadi. 
Ikkinchi tipdagi sportchilarda dastlabki “model” sifatida bir 
nechta “oldindan tayyorlangan” taktik harakatlar mavjud bo‘ladi. 
Hujumga o‘tish odatda, “yoki-yoki” tamoyiliga asosan amalga 
oshiriladi. 
Uchinchi tipdagi kurashchilarning xatti-harakatlari ancha 
mulohazali bo‘ladi: ular hal qiluvchi yo‘lni oldindan o‘ylab 
qo‘ymaydilar va yuzaga kelgan vaziyatga, raqib harakatlariga qarab 
ish tutadilar. 
To‘rtinchi tipdagi kurashchilarni raqib harakatlariga bog‘lanib 
qolmaslik hamda uning hal etuvchi hujum harakatlari uchun 
tayyorlangan paytdan tanaffussiz, darhol foydalanib qolish 
maqsadida o‘sha dinamik vaziyatni tayyorlaydigan, ya’ni hujum 
qilish uchun qulay vaziyatni oldindan amalga oshiradigan 
harakatlarga o‘rgatish zarur bo‘ladi. 
Shunday qilib, kurashchilarda harakatlarni faollashtirishga 
qaratilgan ruhiy yo‘nalishni tarbiyalash zarur. Bu ish hujum qilish 
uchun qulay dinamik vaziyatni yuzaga keltirish hamda bu vaziyatdan 
ustunlikka va g‘alabaga erishish uchun foydalanish maqsadida 
amalga oshiriladi. Bellashuv davomida yuzaga keladigan qulay 
dinamik vaziyatlarni bilish va texnik harakatlarni hamda hujumlarni 
o‘z vaqtida bajarishga tayyor turish ruhiy yo‘nalishning faqat bir 
tomonini aks ettiradi, xolos. Yuqori malakali zamonaviy kurashchini 
tarbiyalash uchun qulay dinamik vaziyatni tayyorlashda va undan 
foydalanishda ruhiy yo‘naltirish yaxshi jismoniy hamda texnik 
tayyorgarlikka tayanish lozim. Ya’ni kurashchi butun bellashuv 
mobaynida to‘xtovsiz faol harakatlarga tayyor turishi zarur. 
Kurashchining oldinda turgan bellashuvni yuqori darajada 
emotsional kayfiyatda, raqibining kuchli va zaif tomonlarini hisobga 
olgan holda to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ruhlana olish qobiliyati g‘alaba 
qozonish uchun katta ahamiyatga ega. Katta ko‘tarinki ruh 
yordamidagina kuchni maksimal ravishda rivojlantirish mumkin. 
Kurash musobaqalaridagi kuchayib borayotgan raqobatlashish 
kurashchilarning nafaqat jismoniy va texnik tayyorgarligiga, balki 


106 
mas’uliyatli musobaqalar sharoitlarida o‘zlarining emotsional 
holatini boshqara olishiga ham katta talablar qo‘yadi. 
Musobaqalardagi keskin vaziyat salbiy hayajonlar, musobaqa 
davomida vujudga keladigan ko‘pgina obyektiv va subyektiv 
to‘siqlar ba’zi yosh kurashchilar uchun texnik-taktik mahoratni 
muhim darajada pasaytiruvchi kuchli omilga aylanishi mumkin. 
Maxsus tadqiqotlar kurashchilarning musobaqa arafasida va 
kunidagi emotsional hayajonlanish darajasi, musobaqalardagi 
emotsional zo‘riqishining (qur’a tashlash natijasi, raqib bilan 
bo‘ladigan birinchi bellashuvni kutish va boshq.) o‘zgarishini 
kuzatishga imkon berdi. 
Hayajonlanishning ancha oshib borishi kurashchilarda qur’a 
tashlash natijalarini kutish paytida, uning ancha pasayishi-natijalar 
e’lon qilingandan so‘ng kuzatiladi.
Bu, ayniqsa, musobaqalarning birinchi davrasida kuchsizroq 
raqib bilan bellashishga to‘gri kelgan kurashchilarda yaqqol ko‘zga 
tashlangan. 
Birinchi davrada asosiy raqiblar bilan uchrashish lozim 
bo‘lgan 
kurashchilarda 
ham 
hayajonlanish 
oshib 
borgan. 
Hayajonlanish 
darajasi 
psixolog-mutaxassislar 
tomonidan 
pulsometriya hamda harakatlanayotgan obyektga reaksiya (HOR) 
ko‘rsatkichlari uslublaridan foydalangan holda nazorat qilinadi. 
Kurashchilarning musobaqalarda qatnashish paytida o‘z 
emotsional holatini boshqara olishi salbiy hayajonlarning jangovar 
ruhga ko‘rsatadigan ta’sirini kamaytiradi va yuqori sport natijalariga 
erishishga imkon yaratadi. 
Ko‘pgina kuchli kurashchilar o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-
o‘zini ishontirish va ideomotor qarashlardan foydalanib, bellashuvga 
o‘zlarini tayyorlaydilar. Bellashuv oldidan harakat va funksional 
imkoniyatlarni yaxshilaydigan, hayajonlanish darajasini tartibga 
soladigan eng muhim vositalardan biri badan qizdirish mashqlaridir. 
Bizning yetakchi kurashchilarimiz bir necha juftlikning 
gilamga chiqishidan oldin o‘zi yoqtirgan usullarni ishora orqali 
bajarishi, o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘ziga buyruq berishdan iborat 
bo‘lgan qisqa vaqtli badan qizdiriщ mashqlarini o‘tkazadi. Oldinda 
turgan bellashuvlarga shu tariqa tayyorlanib, ular hayajonlanish 
hissini oshiradilar. Jadal, hayajonli, texnik harakatlarni ishora orqali 
bajarishdan iborat bo‘lgan badan qizdirish mashqlari kurashchining 
emotsional hayajonlari darajasini ko‘taradi. 


107 
Uzoq vaqt davom etadigan, lekin kam shiddatli bo‘lgan badan 
qizdirish mashqlari o‘z-o‘zini ishontirish uslubini qo‘llash bilan 
birgalikda kurashchilarni tinchlantiradi va ularning asab energiyasini 
saqlaydi. So‘z kurashchining asab-ruhiy holatini yuqori darajada 
boshqarib turuvchi hisoblanadi. Har bir murabbiy yetarli darajada 
kurashchi holatini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim: raqib 
bilan bellashishdan oldin kurashchi o‘ta hayajonlanib ketmaslik 
maqsadida vaqtidan oldin hayajonlanish yuzaga kelganda uni 
tinchlantirishi zarur. 
So‘z yordamida ta’sir ko‘rsatishning turli uslublari - 
ishontirish, tushuntirish, uqtirishni qo‘llayotib, kurashchining oliy 
asab faoliyati tipini hisobga olish lozim. 
Fikrlovchi tipdagi kurashchilarga mantiqiy tushuntirish 
ko‘proq qo‘l keladi, badiiy tipdagi kurashchilarga uqtirish (his 
qo‘zg‘atish) katta ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘z-o‘zini boshqarishning ruhiy uslublari orasida sport 
amaliyotida autogen mashg‘ulotning (AM) turli variantlari hamda 
yangilangan shakllari - ruhiy boshqarish mashg‘uloti (RBM), ruhiy 
mushak mashg‘uloti (RMM) keng tarqalgan. 
Ruhiy mushak mashg‘ulotining o‘ziga xos xususiyatlari uni 
o‘tkazish osonligi hamda yuqori natija berishidan iborat. Bundan 
tashqari, u ko‘p vaqt talab qilmaydi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, 10 
kun (bitta mashg‘ulot yig‘ini) davomida kurashchilar RBMning 
tinchlantiruvchi qismini muvaffaqiyatli egallaydilar. Uning asosiy 
maqsadi - kurashchining sezgirligi darajasini pasaytirish, relaksatsiya 
(bo‘shashish), tiklanish va kurashchining jismoniy hamda ma’naviy 
kuchini saqlab qolishdir. RBM ni faollashtiruvchi (safarbar etuvchi) 
qismining maqsadi - zarur paytda kurashchining optimal jangovar 
holatni (gilamga chiqishdan oldin) egallashi va tinchlantirish 
xususiyatiga ega bo‘lgan uyqudan oldin tashkil qilinadigan jamoa 
bilan alohida suhbatlar, ayniqsa, ular musobaqalar boshlanishidan 
oldin so‘nggi kunlarda o‘tkazilsa, yaxshi natija beradi. Agar 
musobaqalarga bevosita tayyorgarlik bosqichida vaqtdan avval 
ortiqcha hayajonlanishning yuzaga kelishini oldini olishga erishilsa 
va mashg‘ulotni osoyishta o‘tkazishga sharoit yaratilsa, ruhiy 
jihatdan kurashchilarga g‘alaba kafolatlanishi mumkin. 
Emotsional zo‘riqishni qoldirish va dam olish uchun qarmoq 
bilan baliq ovlash (2-3 kishilik guruhlar bo‘lib) yaxshi 
tinchlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 


108 
Yuqorida aytib o‘tilgan hamma uslublar yaxshi dam olishga va 
mas’uliyatli musobaqalar oldidan kurashchining shiddatli ishlashi 
uchun osoyishta sharoit yaratishga yordam beradi. Kurashchiga 
emotsional holatni oshirish faqat bellashuv oldidangina kerak. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin