Improvizatsiya so’zi lotincha impovisus ( kutilmagan, bexosdan ) sozidan olingan bo’lib she’r, musiqa va boshqalarni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish
Improvizatsiya so’zi lotincha – impovisus ( kutilmagan, bexosdan ) sozidan olingan bo’lib she’r, musiqa va boshqalarni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish. Musiqada improvizatsiya ikki asosiy turga bo’linadi: an’anaviy musiqada, shu jumladan o’zbek musiqa merosida muayyan kuyni improvizatsiya tarzida talqin etish – musiqa ijrosining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu sozanda yoki xonanda turli musiqa bezaklaridan mohirona foydalanadi, yangi ohang ibora va jumlalarini ustalik bilan kiritadi avj yoki jo’r ovozlarni o’zgartirish kabi usullardan foydalanadi. Ikkinchi turi – improvizatsiya uslubida yangi musiqa asarini yaratishdir. Kompozitorlik ijodida improvizatsiya shakllari 16 – 17 – asrlarda rivoj topib ayniqsa 19 – asrlarda ( belkanto san’atida , virtuoz musiqada) o’z cho’qqisiga ko’tarilgan. Jazz musiasida improvizatsiya asosiy o’rin tutadi. Shuning uchun ham jazz san’ati erkin ijodni talab etadigan san’at turiga kiradi. Fikrimiz jazz san’ati haqida borayotgan ekan biroz jazz san’ati tarixiga nazar solamiz. Jazz sanati zamonaviy ommabop professional musiqa san’at turi hisoblanadi. 19 – asr oxiri 20 – asr boshlarida Afrika va Yevropa musiqa ma’daniyatining elementlari bir-biriga qo’shilishi natijasida Nyu – Orlean afroamerikaliklari ijodida yuzaga kelgan. Afrika xalqlari folklorining belgilari – bir yo’la turli usullarning yangrashi, deyarli har gal o’zgarib turuvchi asosiy kuyning ko’p takrorlanishi, o’ziga xos nolalarga boyligi, hayajonli kuylash uslubi, muayyan yo’nalishdagi ijrovi badihago’ylik – Jazzning xususiyatlariga aylangan.
76