Vaqtni kuzatuvchi hakam. 1. Vaqtni kuzatuvchi hakam
kurashchilar olishuvga chaqirilgandan keyin gilamga qancha vaqt
mobaynida kelishini nazorat qiladi. Agar uzrsiz kechikib kelsalar bu
haqida darrov hakamni ogohlantirishi kerak.
2. Olishuv vaqtini har bir daqiqasini nazorat qilib hisoblab
boradi. Agar olishuv davomida kurashchi tibbiy yordam olsa yoki
boshqa sabablar bilan olishuv to‘xtatilsa hammasini hisoblab bosh
hakamni habardor qilishi shart.
3. Kurashchi 1 minutda gilamga chiqmasa “Tanbeh”, 2
minutda “Dakki” 3 minutda “G‘irrom” ogohlantirilishi beriladi.
Tablodagi hakam. - o‘rtadagi hakam e’lon qilgan har bir bahoni yoki
ogohlantirishlarni tabloda ko‘rsatib boradi;
- agar o‘rtadagi hakam e’lon qilgan natijalarni ko‘rolmay yoki
eshitolmay qolsa, gilam boshqaruvchi hakamdan aniqlab oladi;
- tabloda aks ettirilgan baholar gilamda kurashchilardan
birining g‘olib chiqqanligini e’lon qilguncha turishi shart.
E’lon qiluvchi hakam.1.Musobaqaning kun tartibini, qaysi
vazn toifasida, kimlar o‘rtasida olishuv bo‘lishini, qaysi kurashchilar
olishuvga tayyorlanib turishini e’lon qilib boradi. Gilamga chiqqan
har bir kurashchi haqida ma’lumot berib boradi. Gilamni
boshqarayotgan hakam va gilamdagi hakamlar haqida ham
tomoshabinlarga ma’lumot berib boradi.
2. Olishuv natijalarini e’lon qiluvchi hakam tomonidan e’lon
qilingandan so‘ng hakamlar qarori qat’iy hisoblanadi va qayta
muhokama qilinmaydi.
3. Musobaqa va kurashga taalluqli bo‘lmagan e’lonlar faqat
bosh hakam yoki uning o‘rinbosarlari ruhsati bilan e’lon qilinadi.
Musobaqa komendanti -musobaqa o‘tadigan sport zali,
stadion yoki maydon, kurash tushadigan gilam (tatami), hakamlar
115
uchun stol-stul, zang (gong) va boshqa jihozlarning tayyorgarligiga
mas’ul shaxsdir;
- musobaqaning tinch o‘tishiga ham javobgar shaxs;
- musobaqa komendanti bosh hakam topshirig‘iga binoan ish
olib boradi.