O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Musobaqa shifokori. Musobaqalar boshlanishidan oldin. 
kurashchilar sog‘ligi haqidagi hujjatni, qo‘yilgan imzo va muhrlarni 
tekshirib chiqadi, agar kamchilik bo‘lsa o‘sha kurashchiga olishuvga 
chiqishga ruhsat berilmaydi. 
- Kurashchilar vaznlari o‘lchanayotgan vaqtda ularni ko‘zdan 
kechirib boradi; 
- musobaqa o‘tadigan inshootini va kurash gilamlarini hamda 
kurashchilar formalarining tozaligini nazorat qiladi; 
- musobaqa davomida olingan jarohatlarni davolab boradi; 
- kurashchi jarohat olib, 3 minut davomida gilamga chiqmasa, 
shifokorning ruhsati bilan musobaqadan chetlashtirilib, g‘alaba 
raqibiga beriladi. 
 
9.4. Kurash qoidasidan tashqari favqulotda vaziyatlar 
 
Agar kurash qoidasida ko‘rsatilmagan vaziyat ro‘y bersa, u 
holda 
gilamdagi 
hakam 
gilam 
chetidagi 
hakamlar 
bilan 
maslahatlashadi. Bunda ham bir qarorga kelinmasa, bu vaziyat bosh 
hakam va hakamlar hay’ati bilan maslahatlashib yechilishi lozim. 
 
9.5. Hakamlar va kurashchilar formasi (kiyimi) 
 
Hakamlar formasi - qora kostyum va shim, qora paypoq, oq 
ko‘ylak va qora galstuk. 
Kurashchilar formasi. 
1. Kurashchilar ko‘k yoki yashil yaktak, qizil belbog‘ va oq 
rangli ishton kiyishlari shart. Gilamga birinchi chaqirilgan qatnashchi 
ko‘k yaktakni kiyadi, ikkinchisi esa yashilni kiyadi.(1-rasm) 
2. Kurash formasi paxtadan tayyorlangan bo‘lishi, yaxshi 
holatda bo‘lishi, mato o‘ta qattiq bo‘lmasligi shart. 
3. Quyidagicha belgilashga ruhsat beriladi; 
- davlat gerbi (chap ko‘krakda, maksimal o‘lchami 10x10 sm); 
- ishlab chiqaruvchining savdo belgisi (3x3 sm, yaktakning 
oldi pastki qismida); 
- yelkadagi belgi (25 sm dan ko‘p bo‘lmagan, 5 sm eniga); 


116 
- tikishlar (25x25 sm, orqa tarafda ruhsat beriladi
kurashchining familiyasini joylashtirish mumkin). 
4. Yaktakning uzunligi tizzadan 10-15 sm balanda bo‘lishi 
kerak. Yaktak ustidan bel atrofida ikki marta o‘ralib bog‘langan 
belbog‘ning tugundan uchigacha bo‘lgan qismi 20 sm dan kam 
bo‘lmasligi, yaktak yenglari uzunligi ko‘pi bilan qo‘l tirsagidan 20-
25 sm pastda bo‘lishi, qo‘l va yeng orasi 5 sm bo‘lishi, ishton 
uzunligi oyoq to‘pig‘igacha bo‘lishi, oyoq va ishton orasidagi 
bo‘shliq butun uzunligi bo‘yicha 10-15 sm, belbog‘eniga 4-5 sm, 
rangi qizil bo‘lishi kerak. 
5. Kurashchi ayollar yaktak ichidan oq rangli, mahkam 
futbolka kiyishi kerak. 
6. Agar kurashchining kiyimi (yaktak va ishton) talabga javob 
bermasa, hakam kurashchidan uni almashtirishni talab qilishi shart. 
Kurashchi qo‘llarni oldinga uzatib, hakamni yaktak yenglari 
belgilangan qoidalarga mos ekanligiga ishontirishi shart. 
7. Har ikkala jinsdagi kurashchilar ham oyoq kiyimsiz 
kurashadilar. Agar kutilmagan ob-havo bo‘lsa, bosh hakam ruhsati 
bilan oyog‘iga yengil oyoq kiyimi kiyishi mumkin. 


117 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin