9.10. Jamoa rahbarlari, murabbiylari va vakillari
1. Bosh hakam va uning yordamchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
murojaat qilish huquqiga faqat jamoa rahbari, murabbiy yoki vakili
egadir.
2. Jamoa rahbari kurashchilarning kiyimiga va ularning o‘z
vaqtida gilamga chiqishiga hamda umumiy tartib-intizomiga
javobgardir.
3. Bosh hakam va hakamlar qatorida jamoa boshlig‘i ham
qur’a tashlashni o‘tkazishda qatnashadi.
4. Kurash jarayonida jamoa rahbarlari uchun joy ajratilib, ular
o‘z o‘rinlarida bo‘lishlari shart.
122
5. Jamoa rahbarlari yoki murabbiylari hakamlik guvohnomasi
bo‘lgan taqdirda musobaqa hakami vazifasini ham o‘tashlari
mumkin.
6. Yuqoridagilarga amal qilmagan rahbarlar o‘z vazifasidan
bo‘shatilib, bu haqda tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi.
7. Guruh murabbiyi olishuv vaqtida belgilangan joyda yoki
gilam atrofida 2 m masofada turishi mumkin.
8. Guruh murabbiyi o‘z kurashchisi tan jarohati olgan vaqtda
belgilangan
tartibda
shifokor
tomonidan
tibbiy
yordam
ko‘rsatilayotgan vaziyatda hozir bo‘lib turishi mumkin, ammo gilam
chetidagi va o‘rtasidagi hakamlar qaroriga itoat qilmasligi yoki
ularni haqorat qilishi taqiqlanadi.
9. Yuqoridagilarga guruh murabbiyi itoat etmasa, o‘rtadagi
hakam olishuvni boshqaruvchi hakamdan murabbiyga “DAKKI”
ogohlantirishi berishni talab qilishi mumkin, bu hol yana qaytarilsa,
olishuvni boshqaruvchi hakam “G‘IRROM” ogohlantirishini e’lon
qilib, uni olishuvdan chetlatishi mumkin.
9.11. Kurashchilar vaznlarini aniqlash tartibi
1. Musobaqaning qaysi kuni qanday vazn toifalarida
olishuvlar
o‘tkazilsa,
o‘sha
vazn
toifasida
qatnashuvchi
kurashchilarning vaznlari musobaqa boshlanishidan ikki soat oldin
o‘lchanadi.
2. Vaznlarni o‘lchash 1 (bir) soatdan ortiq davom etmasligi
kerak. Agar qatnashuvchi ko‘p bo‘lib, bir tarozida o‘lchab
ulgurilmasa, bosh hakam ruxsati bilan tarozini ikkita yoki uchta
qilish mumkin, ammo har bir vaznda kurashuvchi polvonlar albatta,
bitta tarozida o‘lchanishi shart.
3. Kurashchilar o‘lchanishga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat
bilan kirishlari shart.
4. Vaznini o‘lchatmagan kurashchi, shu vazn toifasidagi
olishuvlarga qo‘yilmaydi.
5. O‘lchanish paytida kurashchilar pastki ich kiyimdan boshqa
kiyimda bo‘lmasliklari shart.
6. Kurashchilar vaznlarini aniqlash jarayonida bosh hakam
tomonidan tuzilgan komissiya: bosh hakam yordamchisi, kotib,
tibbiyot xodimi, 2 - 3 ta hakamlar bo‘lishi kerak. Tarozidan vaznini
aniqlab o‘tgan kurashchilar familiyasi o‘lchanish bayonnomasida
qayd qilib boriladi.
|