Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.
Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo‘ldi.
1370 yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi sa’y-harakatini shartli
2006 yil 9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sarkarda, Yevropada “Tamerlan” degan nom bilan mashhur bo‘lgan Amir Temur tavalludining 670 yilligi keng nishonlandi.