O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Gilamdagi hakamlar. 
1. Musobaqa vaqtida hakamlar kurash gilamiga chiqqan 
vaqtlarida, o‘rtadagi hakam o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yishi bilan 
chetdagi ikkala hakam ham qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, barobariga 
tomoshabinlarga va bosh hakamga qarab ta’zim qiladi. 
2. Hakamlar harakati, bosh hakam va hakamlar hay’ati 
tomonidan nazorat. qilib boriladi. Agarda ular musobaqa qoidalariga 
zid xatti-harakat qilsalar, hakamlik hujjatidan mahrum qilinib. ushbu 
musobaqadan chetlashtiriladi va tegishli tashkilotga yuboriladi. 
O‘rtadagi hakam. 1. Olishuv boshlanishidan oldin gilamga 
chiqqan kurashchilarning gigiyenik holati, kurash formasining qoida 
talablariga javob berishini tekshiradi, agarda kurash qoidasi talabiga 
javob bermasa, qayta kiyinib (ruhsat qilingan vaqt ichida) chiqishni 
talab qiladi. 
2. Olishuvning qanday borishini va olishuv davomida kurash 
qoidalariga qat’iy rioya qilinishini kuzatib boradi. 
3. Olishuv davomida yon tomonlarda o‘tirgan hakamlarning 
baholarini ham kuzatib boradi. 
4. Kurashchi tomonidan qo‘llanilgan har bir usulni baholashda 
kurashni “TO‘XTA” buyrug‘i bilan to‘xtatib, 2-3 sekund ichida 
tegishli bahoni berib, “KURASH” deb qaytadan olishuvni boshlash 
kerak. 
5. Olishuv davomida qoida buzganlik uchun beriladigan 
ogohlantirishlarni e’lon qilish uchun o‘rtadagi hakam bellashuvni 
“TO‘XTA” buyrug‘ bilan to‘xtatib, 8-10 sekund vaqt ichida tegishli 
ogohlantirishni berib (bu vaqt ichida kurashchilar kiyimlarini tartibga 
solib o‘z joylarida turishlari lozim), “KURASH” deb qaytadan 
olishuvni boshlashi kerak, 
6. Vaqtni kuzatib boruvchi hakamning bildirishi bilan 
o‘rtadagi hakam belgilangan olishuv vaqti tugaganligini “VAQT” 
iborasini aytib, ishorasini qo‘l bilan ko‘rsatib, olishuvni to‘xtatishi 
kerak. 
Yon tomondagi hakamlar. 1. Yon tomondagi hakamlar 
o‘rtadagi hakamga yordam beradilar, kurashchilarning hamma 
harakatlarini baholab boradilar. 


114 
2. Kurashchilar harakatini baholashda gilamdagi uchta 
hakamdan ko‘pchilik fikri bilan ish yuritiladi. Agar fikrlar har xil 
bo‘lsa, bir fikrga kelishish uchun maslaxatlashib olishlari kerak. 
3. Yon tomondagi hakamlar bir-biriga qarama-qarshi 
tomonlardagi kursilarda o‘tirishadi, olishuv davomida zarurat tug‘ilib 
qolsa, yon tomondagi hakam olishuvni tik turib kuzatishi ham 
mumkin. 
4.Agar kurashchilarning biriga yoki ikkalasiga ham qisqa 
fursatga gilamdan chiqish zarur bo‘lib qolsa, yon tomondagi 
hakamlardan biri hamrohlik qilishi zarur. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin