O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Kurashchining egiluvchanligi va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
4.5. Kurashchining egiluvchanligi va uni rivojlantirish uslubiyati 
 
Egiluvchanlik 

bu 
kurashchining 
katta 
amplitudada 
harakatlarni 
amalga 
oshirish 
qobiliyatidir. 
Egiluvchanlik 
bo‘g‘imlardagi harakatchanlik bilan aniqlanadi. U o‘z navbatida, bir 
qator omillarga bog‘liq: bo‘g‘im sumkalarining tuzilishi, paylar, 
mushaklar cho‘ziluvchanligi va ularning cho‘zilish qobiliyati. Bir 
nechta egiluvchanlik turlari mavjud. 


66 
Faol egiluvchanlik - bu shaxsiy mushak kuchlanishlari 
hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish qobiliyatidir. 
Sust egiluvchanlik - bu tashqi kuchlar, og‘irliklar, raqib 
harakatlari hisobiga harakatlarni katta amplitudada bajarish 
qobiliyatidir. Sust egiluvchanlik hajmi faol egiluvchanlikning tegishli 
ko‘rsatkichlaridan yuqori. 
Dinamik egiluvchanlik - dinamik xususiyatlarga ega 
mashqlarda namoyon bo‘ladigan egiluvchanlikdir. 
Statik egiluvchanlik - statik egiluvchanlikka ega mashqlarda 
namoyon bo‘ladigan egiluvchanlikdir. 
Umumiy egiluvchanlik - turli yo‘nalishlarda eng yirik 
bo‘g‘imlarda katta amplituda bilan harakatlarni bajarish qobiliyatidir. 
Maxsus 
egiluvchanlik 

kurashchining 
texnik-taktik 
xususiyatlarga tegishli bo‘g‘imlar va yo‘nalishlarda harakatlarni katta 
amplituda bilan bajarish qobiliyatidir. Cho‘ziltiruvchi mashqlar: 
oddiy, prujinali harakatlar, o‘zini ushlagan holda siltanishli, tashqi 
yordam 
bilan 
bajariladigan 
harakatlar, 
egiluvchanlikni 
rivojlantirishning asosiy vositalari hisoblanadi. 
Bunday mashqlar bilan shug‘ullanish paytida bir qator uslubiy 
shartlarni bajarish lozim: 
1) mashqlarni boshlashdan oldin, albatta, badan qizdirish 
mashqlarini bajarish; 
2) muayyan maqsadlarni oldinga qo‘yish, masalan, gavda yoki 
buyumning ma’lum bir nuqtasiga qo‘lni tekkazish; 
3) cho‘ziltirish mashqlarini ma’lum bir ketma-ketlikda 
yondashishlab bajarish: qo‘llar uchun, gavda uchun, oyoqlar uchun; 
4) cho‘ziltirish mashqlari yondashishlari orasida bo‘shashtirish 
mashqlarini bajarish; 
5) 
mashqlarni 
bajarish 
paytida 
asta-sekin 
ularning 
amplitudasini oshirish; 
6) mashqlarni bajarishda shuni hisobga olish lozimki, 
harakatchanlikni rivojlantirishning eng asosiy uslubi - bu takrorlash 
uslubi hisoblanadi. 
Bir-ikki oyda har kuni ikki marta shug‘ullanuvchilarning 
alohida qobiliyatlariga qarab 25-50 takrorlashdan iborat me’yordagi 
cho‘ziltirishga qaratilgan mashqlardan tashkil topgan mashg‘ulotlar 
davomida egiluvchanlik ancha o‘sishi mumkin.
6
 
6
F.A.Kerimov. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. 2005 y. 


67 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin