57
4.1. Kurashchining kuchi va uni rivojlantirish uslubiyati
Jismoniy sifat bo‘lmish “kuch” deganda kurashchining raqib
qarshiligini yengib o‘tish yoki mushak kuchlanishi hisobiga unga
qarshilik ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi.
Kuch quyidagi turlarga ajartiladi:
- umumiy va maxsus;
- mutlaq va nisbiy;
- tezkor va portlovchan;
- kuch chidamliligi.
Umumiy kuch - bu kurashchining maxsus harakatlariga
taalluqli bo‘lmagan holda kurashchi tomonidan namoyon qilinadigan
kuch. Maxsus kuch musobaqa harakatlariga mos bo‘lgan maxsus
harakatlarda kurashchi tomonidan namoyon bo‘ladi.
Mutlaq kuch kurashchining juda katta xususiyatiga ega
harakatlarida namoyon bo‘ladigan kuch imkoniyatlari bilan
tavsiflanadi. Milliy kurashda u kuch yordamida yakkama-yakka
olishish uchun muhim ahamiyatga ega. Nisbiy kuch, ya’ni
kurashchining 1kg vazniga to‘g‘ri keladigan kuch, kurashchining
shaxsiy og‘irligini yengib o‘tish imkoniyati ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Bu usullarning tezkorlik bilan bajarilishida muhim ahamiyatga ega.
Tezkor kuch mushaklarning nisbatan kichik tashqi qarshilikni
yengib o‘tish bilan bog‘liq harakatlarni tez bajarishga bo‘lgan
qobiliyatida aks etadi. Portlovchan kuch qisqa vaqt ichida o‘z
shiddatiga ko‘ra katta kuchlanishlarni namoyon qilish qobiliyatini
tavsiflaydi.
Kuch chidamliligi - bu kurashchining nisbatan uzoq vaqt
davomida mushak kuchlanishlarini namoyon qilishga bo‘lgan
qobiliyatidir. Kurashchining kuch imkoniyatlarini rivojlantirish
uchun quyidagi uslublar qo‘llaniladi:
- takroriy kuchlanishlar;
- qisqa muddatli maksimal kuchlanishlar;
- tobora o‘sib boradigan og‘irliklar, zarbdor, birgalikda ta’sir
ko‘rsatish;
- variantililik;
- izometrik kuchlanishlar uslublari.
Takroriy kuchlanishlar uslubi shundan iboratki, kurashchi
mashqni “so‘nggi nafasgacha” bajarishda maksimal og‘irlikdan 70-
80% ga teng bo‘lgan og‘irliklar bilan mashqlarni takroran bajaradi.
Ushbu uslub kuch mashqini yondashishlab bajarishni nazarda tutadi.
58
Har bir yondashish - “so‘nggi nafasgacha”, hammasi bo‘lib 3-4
yondashish, yondashishlar o‘rtasidagi dam olish oralig‘i 3-4 min.
Takroriy kuchlanishlar uslubining bir turi dinamik kuchlanish
uslubi hisoblanadi. U mashqlarni maksimumdan 20-30% og‘irlikda
chegaradagi tezlikda bajarish bilan tavsiflanadi. Bunda katta mushak
zo‘riqishi og‘irlik vazni hisobiga emas, balki yuqori tezlikdagi
harakat hisobiga erishiladi.
Qisqa muddatli maksimal kuchlanish uslubi hozirgi paytda
mushaklarning mutloq kuchini oshirish uchun eng samarali
hisoblanadi. U chegaradagi va chegaraga yaqin bo‘lgan og‘irliklar
bilan ishlashni nazarda tutadi. Mushaklar mashg‘ulotida maksimal
kuchlanishlar uslubi trenajerlarda va bitta yondashishda bitta-ikkita
harakatlar yordamida, katta og‘irlikdagi shtanga bilan bajariladigan
mashqlarda (gimnastika skamenkasiga bel bilan yotgan holda
shtangani ko‘tarib qo‘llarni bukib yozish, siltab ko‘tarish, dast
ko‘tarish, o‘tirib-turish) namoyon bo‘ladi. Mashg‘ulotda hammasi
bo‘lib 3-4 ta yondashish bajariladi. Yondashishlar o‘rtasidagi dam
olish oralig‘i - 3-5 min.
Tobora o‘sib boradigan og‘irliklar uslubi bitta mashg‘ulotdagi
singari keyingilarida ham qarshilik ko‘rsatish hajmining asta-sekin
o‘sib borishini nazarda tutadi.
Mashg‘ulotda birinchi yondashishda sportchi 10 marta ko‘tara
oladigan og‘irlikdan 50% ga teng og‘irlik bilan boshlash tavsiya
etiladi. Ikkinchi yondashishda mashq 10 martadan 75% og‘irlik bilan
bajariladi, uchinchi yondashishda esa - 10 martadan 100% og‘irlik
bilan bajariladi. Mashg‘ulot davomida hammasi bo‘lib 3 ta
yondashish amalga oshiriladi. Yondashishlar o‘rtasidagi dam olish
oralig‘i 2-4 min. Har bir yondashishda mashq chegaradagi tezlik
bilan aniq toliqib qolgunga qadar bajariladi.
Zarbdor uslub tushadigan og‘irlikning kinematik energiyasi va
shaxsiy gavda og‘irligidan foydalanish yo‘li orqali mushak
guruhlarini zarbdor rag‘batlantirishga asoslangan.
Mashqlanayotgan
mushaklarning
kamayayotgan
og‘irlik
energiyasini yutib olishi mushaklarning faol holatga keskin o‘tishiga,
ish kuchlanishining tez rivojlanishiga yordam beradi, mushakda
qo‘shimcha kuchlanish imkoniyatini hosil qiladi. Bu keyingi
itaruvchi harakat shiddati va tezkorligini hamda qoloq ishdan yengib
o‘tiladigan ishga tez o‘tishni ta’minlaydi.
Oyoqlar portlovchan kuchini rivojlantirishning zarbdor
uslubini qo‘llash usuli sifatida, balandlikka yoki uzunlikka
59
sakrashdan keyin bajariladigan chuqurlikka sakrash mashqlarini
aytish mumkin. Mashq 70-80 sm balandlikdan oyoq tizzalarini biroz
bukkan holda yerga tushib, ketidan tez va shiddat bilan yuqoriga
otilib chiqish orqali bajariladi. Sakrashlar yondashishlab: 2-3
yondashishda, har bir yondashishda 8-10 tadan sakrashlar bajariladi.
Yondashishlar o‘rtasidagi dam olish oralig‘i 3-5 min. Mashq haftada
ko‘pi bilan ikki marta bajariladi.
Birgalikda
ta’sir ko‘rsatish uslubi shunga bog‘liqki,
kurashchining
kuch
imkoniyatlarini
rivojlantirish
bevosita
ixtisoslashgan mashqlarni bajarish paytida sodir bo‘ladi. Bir vaqtning
o‘zida kurashchining kuch qobiliyatlari va texnik-taktik harakatlari
rivojlantiriladi hamda takomillashtiriladi. Kurashda birgalikda ta’sir
ko‘rsatish uslubidan foydalanishga misol tariqasida shunday
mashqlarni keltirish mumkinki, kurashchi bu mashqlarda o‘z texnik
harakatlarini og‘irroq vazn toifasidagi raqib bilan takomillashtiradi.
Og‘irlikning optimal o‘lchamini aniqlab olish juda muhimdir.
Haddan tashqari katta o‘lcham harakat malakasi tarkibining
buzilishiga olib keladi, bu oqibatda harakat texnikasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Variantlilik uslubi asosan turli vazndagi og‘irliklar bilan
maxsus mashqlarni bajarishni ko‘zda tutadi. Har xil vazndagi
sheriklar bilan mashqlar yondashishlab bajariladi. Bitta yondashishda
avval og‘irroq vazn toifasidagi raqib bilan 10-12 ta tashlash
bajariladi, so‘ngra teng vazndagi raqib bilan 15-16 ta tashlash,
shundan keyin o‘z vazn toifasidagi raqib bilan 10-12 ta tashlash
bajariladi. Hammasi bo‘lib 3 yondashish bajariladi. Dam olish
oralig‘i - 3-4 min. Tezkor-kuch sifatlarini (me’yordagi, kichik)
rivojlantirishda variantlilik uslubi ayniqsa samaralidir.
Usullarni ancha og‘ir raqib bilan takomillashtirish alohida
kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga, kichik vazn toifasidagi raqib
bilan esa tezkorlik imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu
oqibatda musobaqa mashqida natijaning oshishiga olib keladi.
Mushaklarning izometrik kuchlanishi uslubi turli mushak
guruhlarining 4-6 sek. davom etadigan statik maksimal kuchlanishini
nazarda tutadi. Izometrik mashqlarning qiymati shundaki, ularning
hajmi uncha katta emas, ko‘p vaqt olmaydi, bajarilishi ancha oson.
Bundan tashqari, ularning yordamida ma’lum bir mushak guruhlariga
zarur yoki holatlarda, gavda qismlarini bukish yoki yozishning
tegishli bo‘g‘im burchaklarida tanlab ta’sir ko‘rsatish mumkin.
|