65
o‘zaro muvofiqligi, to‘satdan o‘zgarib turadigan vaziyatga mosligiga
bo‘lgan talablarni oshirish bilan aniqlanishi mumkin.
Uchinchi yo‘li - bu nooqilona mushak kuchlanishi bilan
kurashish, chunki chaqqonlikni namoyon qilish ko‘p jihatdan
mushaklarni zarur hollarda bo‘shashtirish malakasiga bog‘liq.
Kurashchi koordinatsiyasini rivojlantirishning to‘rttinchi yo‘li
- uning gavda muvozanatini ushlab turish qobiliyatini oshirishdir.
Bunday qobiliyatni rivojlantirishning bir nechta usullari mavjud:
1)
muvozanatni
ushlab
turishni
qiyinlashtiruvchi
harakatlardagi mashqlar;
2) akrobatika va gimnastika mashqlari;
3) hamma tekisliklarda boshni tez harakatlantirish yordamida
bajariladigan mashqlar.
A.I.Yaroskiy majmuasiga beshta mashq kiradi:
- boshni chapga va o‘ngga burish;
- boshni oldinga va orqaga egish;
- boshni yon tomonlarga egish;
- soat millari bo‘ylab aylanma harakatlar;
- soat millariga qarishi tomonga aylanma harakatlar. Bu
mashqlar tez sur’atda kuniga uch marta 10 minutgacha bajariladi.
Kurashchi chaqqonligini rivojlantirishning hamma vositalarini
ikkita bo‘limga ajratish maqsadga muvofiqdir: umumiy chaqqonlikni
rivojlantirish vositalari va maxsus chaqqonlikni rivojlantirish
vositalari.
Umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari umuman
harakatlanish tajribasi va harakat koordinatsiyasini boytishga
qaratilgan.
Maxsus
chaqqonlikni
rivojlantirish
vositalari
kurashchining o‘ziga xos maxsus harakatlanish koordinatsiyasini
hamda musobaqa faoliyatining favqulodda sharoitlarida o‘zining
harakatlarini
baholay
olish
va
qayta
qurish
qobiliyatini
takomillashtirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: