O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


Tanlab-yo‘naltirilgan mashqlar uslubi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

Tanlab-yo‘naltirilgan mashqlar uslubi asosan organizmning 
morfofunksional xossalarini yoki alohida harakat sifatlarini 
takomillashtirishga yo‘naltirilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, 
kurashchining qo‘l kuchini rivojlantirishga qaratilgan og‘irliklar bilan 
mashqlarni bajarish harakat malakalarini saqlab turish va 
takomillashtirish, erishilgan funksional imkoniyatlar darajasini 
saqlash hamda oshirish uchun ikkita uslublar guruhi qo‘llaniladi: 
andozali - takroriy mashqlar uslublari hamda variantli (o‘zgaruvchan) 
mashqlar uslublari. Andozali - takroriy mashqlar uslublari berilgan 
harakatlar yoki alohida mashg‘ulotlarni ularning tuzilmasi hamda 
yuklamaning tashqi parametrlarini o‘zgartirmagan holda takroran 
bajarish 
bilan 
tavsiflanadi. 
Bu 
uslublar 
harakatlarni 
mustahkamlashda, shuningdek, organizmning ma’lum bir faoliyatga 
moslashishiga 
yordam 
beradi. 
Masalan, 
egilib 
tashlashni 
mustahkamlash 
uchun 
ko‘p 
marta 
takrorlanadi. 
Variantli 
(o‘zgaruvchan) mashqlar uslublari ta’sir etuvchi omillarni mashq 
borishi davomida o‘zgartirib turish bilan tavsiflanadi. Bunga usulni 
bajarish tezligi, bellashuvni olib borish sur’ati, dam olish oraliqlarini 
o‘zgartirib turish, bellashuvda raqiblarni almashtirish yo‘li bilan 
erishiladi. 
Andozali - takroriy va variantli (o‘zgaruvchan) mashqlar 
uslublari, o‘z navbatida, yuklamalar uyg‘unlashishi va mashqlarni 
bajarish paytidagi dam olishlarga qarab, ikkita kichik guruhlarga 
ajratiladi: uzluksiz (yaxlit) yuklama tartibidagi mashqlar uslubi va 
oraliqli yuklama tartibidagi mashqlar uslubi. 
Birinchi holda beriladigan mashg‘ulot yuklamasi dam olish 
oralig‘i bilan to‘xtatilishi mumkin emas. Hamma yuklama 
tugagandan so‘ng dam olish beriladi. Masalan, 10 minut ichida 
texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish. Ikkinchi kichik guruh 
yuklamalarning uzilishi bilan ajralib turadi va rejalashtirilgan dam 
olish oraliqlari bilan almashtirib turiladi. Masalan, texnik-taktik 
harakatlarni quyidagi formula bo‘yicha takomillashtirish: 3 minutdan 
3 marta, dam olish oraliqlari - har bir 3 minutdan so‘ng 2 minutdan. 
Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlarning hamma sanab o‘tilgan 
uslublari mashg‘ulotda turli xil uyg‘unlikda berilgan. Masalan, 


54 
quyidagi mashq uslublari: andozali - takroriy mashqlar uslubini o‘sib 
boruvchi yuklama bilan birlashtirish mumkin. 
Ma’lum bir mashg‘ulotlarga birlashtirilgan mashqlar 
uslublarining turli xil birikmalari “aylanma mashg‘ulot” deb ataladi. 
Ma’lum bir tartibga soluvchi chizmaga muvofiq tanlangan va 
majmua holda birlashtirilgan jismoniy mashqlarning bir nechta 
turlarini seriyalab (yaxlit yoki oraliqli) takrorlash “aylanma 
mashg‘ulot” asosini tashkil qiladi. 
Sportchining oldinda turgan musobaqa faoliyatiga moslashishi 
uni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. 
Buning uchun mashg‘ulot jarayonida oldinda turgan bellashuvlar 
xususiyatlarini qisman bo‘lsa ham modellashtirish lozim. Bu 
musobaqa uslubidan foydalanish hisobiga erishiladi. Musobaqa 
uslubi jismoniy, iroda va ma’naviy sifatlarni rivojlantirish, texnik-
taktik xarakatlarni takomillashtirish uchun qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotda o‘yin uslubi ham katta ahamiyatga ega. Undan 
foydalanib, bir xildagi mashg‘ulot ishini bajarishda qulay emotsional 
holatni yaratish, shuningdek chaqqonlik, mo‘ljallash tezligi, topqirlik, 
mustaqillik, tashabbuskorlik kabi sifat hamda qobiliyatlarni 
takomillashtirish mumkin. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin