49
3.2. Milliy kurash mashg‘uloti maqsadi va vazifalari
Milliy kurash mashg‘uloti - bu
yuqori sport natijalariga
erishishga qaratilgan sport takomillashuvining yil davomida
muntazam boshqariladigan pedagogik jarayonidir.
Milliy kurash mashg‘ulotining maqsadi
- bu mazkur sportchi
uchun mumkin qadar maksimal darajada texnik-taktik,
jismoniy va
ruhiy tayyorgarlikka erishish hamda musobaqa faoliyatida yuqori
natijalarni ko‘rsatishdir.
Mashg‘ulot jarayonida hal qilinadigan
asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat:
- kurash texnikasi va taktikasini puxta egallash;
- zarur darajada harakat sifatlarining rivojlanishini ta’minlash,
shug‘ullanuvchilar funksional imkoniyatlarini oshirish va ularning
sog‘ligini mustahkamlash;
- axloqiy
va iroda sifatlarini tarbiyalash;
- sportchi tayyorgarligining turli tomonlarini
rivojlantirish va
uni musobaqa faoliyatida namoyon qilish;
-muvaffaqiyatli mashg‘ulot va musobaqa faoliyati uchun zarur
bo‘lgan nazariy bilimlar hamda amaliy tajribani egallash.
Mashg‘ulot vazifalari birgalikda amalga oshiriladi. Biroq
tayyorgarlik
davri va bosqichlari, kurashchining mashqlanganligi,
uning mahorat darajasi hamda boshqa omillarga qarab, bitta vazifaga
ko‘proq, boshqasiga kamroq e’tibor beriladi. Mashg‘ulotning har bir
vazifalari ketma-ket, ya’ni shug‘ullanuvchilarga bo‘lgan talablarning
asta-sekin oshib borishi sharoitlarida hal qilinadi.
3.3. Milliy kurash mashg‘uloti vositalari
Milliy kurashdagi sport mashg‘uloti
vositalari - bu tabiatning
tabiiy kuchlari,
gigiyenik omillar, maxsus bilimlar va turli xildagi
jismoniy mashqlar bo‘lib, ular to‘rtta guruhga bo‘lingan:
umumiy
tayyorgarlik, yordamchi, maxsus tayyorgarlik va musobaqa.
Dostları ilə paylaş: