O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
 
 
 
 
 


72 
5.3. Kurashchilarning texnik mahoratini oshirish yo‘llari 
Kurashchilarning texnik harakatlari zahirasi ko‘p bo‘lishi va 
ularni katta mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak. Shundagina 
kurashchining texnik mahorati shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Kurash texnikasi kurashchi mahoratining asosi hisoblanadi va 
ko‘p jihatdan uning imkoniyatlarini belgilab beradi. Kurashda o‘nlab 
usullar va ularning variantlari mavjud. Biroq bu kurashchi ularning 
hammasini mukammal bilishi lozim degani emas. 
Kurashchi yanada yangi va yangi usullar, qarshi usullar hamda 
himoyalanishlarni egallab borishi bilan uning alohida xususiyatlari va 
odatlariga javob beradigan hamda uning tomonidan muvaffaqiyatli 
bajariladigan usullarning bir qismi keyinchalik takomillashtirish 
maqsadida rejaga kiritiladi. 
Kurashchining har tomonlama texnik tayyorgarligi - turli 
kurash turlarini rivojlantirishning zamonaviy darajasiga qo‘yiladigan 
muhim talablardan biridir. Texnik mahoratni mustahkam egallash 
uchun texnik harakatlarni tanlashda, quyidagi qoidalarga amal qilish 
lozim: 
- amaldagi musobaqa qoidalarida qaysi bir texnik harakat 
muvaffaqiyatli hisoblangan bo‘lsa o‘sha texnik harakatlarni egallash; 
- texnikaning hamma turlari ichidan kurashchining alohida 
xususiyatlariga eng yaxshi javob beradigan usullar, qarshi usullar va 
himoyalanishlarning variantlarini egallash; 
- asosiy raqobatchilarning mahorati xususiyatlarini hisobga 
olish va ular bilan kurashishda yaxshi natija beradigan texnik 
harakatlarni tanlash; 
- avval o‘rganilgan usullar va qarshi usullarni qo‘llash 
imkoniyatini kengaytirish mumkin bo‘lgan texnik harakatlarga 
ko‘proq e’tibor qaratish; 
- kurashchi zahirasida mavjud bo‘lgan usullar bilan 
kombinatsiyalar hamda bog‘lanishlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan 
texnik harakatlarni o‘rganish; 
- harakat vazifasini eng oqilona hal etish xususiyatiga ega 
bo‘lgan harakat texnikasiga o‘rgatish lozim, bu kelgusida qayta 
o‘rganishdan xolos qiladi; 
- kerak bo‘lmagan harakatlar va ortiqcha mushak zo‘riqishini 
bartaraf etib, texnika asoslari hamda umumiy harakat maromini 
egallash; 


73 
- usullarga o‘rgatish vaqt oralig‘ida jamlangan bo‘lishi zarur, 
chunki mashg‘ulot orasidagi uzoq tanaffuslar uning ta’sirini 
pasaytiradi. Boshqa tomondan, bitta mashg‘ulot darsi davomida 
usullarni juda tez-tez takrorlash maqsadga muvofiq emas, chunki 
yangi koordinatsiyalarni yaratish asab tizimini tez toliqtiradigan 
qiyinchilikni yengib o‘tish bilan bog‘liq; 
- jismoniy shart-sharoitlar yetarlicha bo‘lmasligi oqibatida 
yuzaga keladigan texnik holatlarni oldini olish maqsadida 
harakatlarning dinamik tavsiflariga mos keladigan yuqori darajadagi 
maxsus jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish lozim. 
Kurashchining texnik mahoratini oshirish uchun harakatlarni 
bajarish paytida harakatlanishdagi xatolarni o‘z vaqtida aniqlash 
hamda ularni paydo bo‘lish sabablarini belgilash muhim ahamiyatga 
ega. Bunday xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish ko‘p jihatdan texnik 
takomillshtirish jarayoni samaradorligiga sabab bo‘ladi. Harakatlarga 
o‘rgatishda yuzaga keladigan hamma harakatlanish xatolari beshta 
guruhga bo‘linadi: harakatlanish yetishmasligi sababli xatolar
o‘qitishdagi 
kamchiliklar 
sababli 
xatolar; 
sharoitlarning 
g‘ayritabiiyligi sababli xatolar hamda kutilmagan xatolar (2 - jadval). 
Shu bilan birga texnik takomillashtirish jarayonida yuzaga kelgan 
harakatlanishdagi xatolarni bartaraf etish uchun uslubiy qoidalarni 
ishlab chiqish zarur. 
2 - jadval 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin