“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 135 ~
DEPRESSIYA VA STRESSDAN HALOS BO’LISH
Kelebayeva Aynura Tlektesovna
Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumani 18-maktab psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada stress va depressiya haqidagi ma’lumotlar
mavjud. Jumladan stressing alomatlari, sabab va oqibatlari, depressiya va stressing
turlari haqidagi ilmiy ma’lumotlar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
stress, distress, eustress, adrenalin, depressiya,
asab tizimi,
destruktiv stress, konyuktiv stress, subyektiv stress, emotsiya, his-tuyg’u.
So’nggi paytlarda insonlar orasida deyarli te-tez quloqqa chalinib qoladigan
tushunchalar orasida “Depressiya” va “Stress” tushunchalari xam bor. Xo’sh?
Stress nima? Depressiyachi? U qanday paydo bo’ladi? Ularning kelib chiqish
sabablari nima? Ulardan butunlay qutulish mumkinmi degan savollarga javob
beramiz. Stress – og’ir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi
psixikaning zo’riqishidir. Stressning vujudga kelish sabablari quyidagicha: inson
shug’ullanadigan faoliyatning turi, mazmuni, mavjud shart-sharoitlar, faoliyatning
tashkiliy qismi va ekstremal omillar, shuningdek,
tashqi muhit insonning bor
imkoniyatlaridan ortig’ini talab qilishi. Masalan, xizmat faoliyatida talabning
ko’payishi ham kuchli stressor hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda stress- inson
organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga
bo’lgan javob reaksiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga
undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma
uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga
undaydi, stressiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p
bo’lsa,
tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini
yo’qotadi. Ushbu muammoga bir qancha ilmiy tadiqotlar bag’ishlangan. Stressning
paydo bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib chiqilgan va juda murakkabdir: ular
bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz bilan bog’liq. Stressning sababi
aslida insonni ta’sirlaydigan, bezovta qiladigan har qanday narsa bo’lishi mumkin.
Misol uchun, tashqi sabablarga biron nima tufayli paydo bo’lgan bezovtalikni kiritsa
bo’ladi (ish joyini o’zgartirish, qarindoshning o’limi). Stressning ichki sabablari
hayotiy qadriyatlar va e’tiqodlarni o’z ichiga oladi. Bunga shaxsiy baholashi ham
kiradi.
Stress va depressiya ayol va erkaklarda taxminan teng darajada uchrashi mumkin.
Biroq, har bir organizm o’z xususiyatlariga ega. Agar siz o’zingizda stress haqida
so’zlashi mumkin bo’lgan alomatlarni sezsangiz, birinchi navbatda holat sababchilarini
aniqlash kerak. Stressning oqibatlaridan ko’ra sabablarini bartaraf etish ancha osonroq.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 136 ~
«barcha kasalliklar asabdan» degani yolg’on emas. Klinik kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki,
kichik
stresslar tanaga zararli emas, hatto foydali. Ular odamni hozirgi ahvoldan
chiqish yo’lini topish uchun rag’batlantiradilar. Depressiya og’irroq, uzoq muddatli
shaklga o’tmasligi uchun har birimiz o’zimizni tarbiyalashimiz, irodamizni
rivojlantirishimiz kerak. Ko’p odamlar stressga qarshi antidepressantlar, spirtli
ichimliklar yordamida kurashishga odatlanishgan. Biroq bunday yo’lni tanlash ularga
o’rganib qolish va mutaxxasis yordamsiz ulardan voz kecha olmaslikka olib keladi.
Xavotirlikning turg’unligi hamda davomiyligi inson xatti-harakatida quyidagi
holatlarni keltirib chiqaradi: ishtaxaning buzilishi, uyqusizlik, xatti-harakatlardagi
sustlik. Bunday fiziologik buzilishlarning davomiyligi insonda stressni paydo
qiladi. Organizm esa o’zini himoyalashga, taʼsirni so’ndirishga harakat qiladi.
Ammo, maʼlumki, organizmning kuchi cheksiz emas
va jiddiy stress vaziyati
vujudga kelganda, inson buni ko’tara olmaydi. Natijada turli xastaliklar paydo
bo’ladi, stress o’ta kuchli bo’lganda, o’lim holati ham kuzatiladi. Stressning
fiziologik, psixologik, shaxsiy hamda tibbiy belgilari mavjud bo’lib, ularning
istalgan turi doimo hissiy qo’zg’alish bilan birgalikda kechadi. Stress holatining
belgilarini mutaxassislar quyidagicha ajratilgan:
–
fiziologik belgilar
: yurak urishi va nafas olishning tezlashishi, yuz terisining
qizarishi yoki oqarishi, terlash, qon tarkibida adrenalin miqdorining ko’payishi;
–
psixologik belgilar
: psixologik funksiyalar dinamikasining o’zgarishi,
tafakkurning sekinlashuvi, diqqatning bo’linuvchanligi, xotiraning pasayishi, qaror
qabul qilish jarayonining sustlashuvi;
–
shaxsiy belgilar
: irodaning butunlay yo’qolishi, o’zini o’zi nazorat
qilishning pasayishi, xulq-atvordagi stereotiplik va sustlik, qo’rquv, xavotirlik,
sababsiz bezovtalik, ijodkorlik qobiliyatining yo’qolishi;
–
tibbiy belgilar
: nevrozning ortishi, hushdan ketish, affektlar, bosh og’rig’i,
uyqusizlik.
Stress, dastlab, fiziologik termin sifatida qo’llanilib, organizmning har qanday
yoqimsiz taʼsirlarga nisbatan nomaxsus reaksiyasi («umumiy moslashish
sindromi»)ni ifodalagan (G. Selye). Keyinroq bu so’z individning ekstremal
vaziyatlardagi fiziologik,
biokimyoviy, psixologik holatlari va xulq-atvorini
tushuntirish uchun qo’llangan. Zamonaviy adabiyotlarda “stress” termini uch xil
maʼnoni ifodalash uchun qo’llanilmoqda.
Birinchidan,
“stress” tushunchasi
maʼnosidan insonda qo’zg’alish yoki zo’riqishni keltirib chiqarishi mumkin
bo’lgan istalgan tashqi taʼsirlar (voqea-hodisa yoki qo’zg’atuvchilar) tushuniladi.
Hozirgi adabiyotlarda shu maʼnoda “stressor”, “stress-omil” terminlari tez-tez
qo’llanilayotgani bejiz emas.
Ikkinchidan,
stress insonning subyektiv reaksiyasiga
aloqodorlik maʼnosida qo’llaniladi. Bunda, u insonning ichki ruhiy qo’zg’alishi va
zo’riqish holatlarini ifodalaydi; yana bu holat insonda kechadigan hissiyotlar,
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 137 ~
himoya reaksiyalari va stressogen taʼsirlarni bartaraf etish (coping proessos)
maʼnolarida ham talqin qilinadi. Bu jarayonlar
funksional tizimning
mukammallashuvi va rivojlanishiga, shuningdek ruhiy zo’riqishni keltirib
chiqarishga ham olib kelishi mumkin.
Uchinchidan,
stress namoyon bo’luvchi
talablar yoki zararli taʼsirlarga nisbatan organizmning fiziologik reaksiyasi bo’lishi
mumkin. Aynan shu maʼnoda G. Selye va V. Kennon “stress” terminini
qo’llaganlar. Fiziologik reaksiyaning vazifasi esa, aynan stress «holatini bartaraf
etishda ruhiy jarayonlar va xulq- atvor harakatlarining yordamidan iborat».
Stressning namoyon bo’lishi, uning sog’liq va faoliyatga taʼsirini o’rganish
shundan dalolat beradiki, stressdan butunlay qutulishning iloji yo’q lekin uni
yengillatish yoki yenga olish barchaning o’z qo’lida. Har doim hayotdan zavqlanib
yashasa, hayotni go’zalliklarini ko’ra olsa, har narsadan zavqlana olsa shundagina
hayoti davomida stresslarga kamroq duch keladi.
Dostları ilə paylaş: