―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 126
www.academiascience.uz TALABALARNI TANQIDIY FIKRLASHGA O‗RGATISH TEXNOLOGIYALARI Z.D. Rasulova Buxoro davlat universiteti Texnologik ta‟lim kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: Maqolada talabalarning tanqidiy fikrlash orqali ularda yangi tasavvurlarni paydo qilish ularning ilgarigi bilim va tasavvurlarini tiklashga yordam berib, yangi axborotlarni uzoq muddatga tushunish uchun keng asoslar yaratish kabi masalalar yoritilgan. Tanqidiy fikrlashga o‗rgatish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bayon etilgan
yuqori kasbiy madaniyatli, ijodiy va ijtimoiy faol hayotda o‗z o‗rnini topa oladigan
malakali kadrlarni shakllantirish vazifasini hal qilishga ham mos keladi. Bu
tushuncha haqida gapirishdan oldin, ayrim aqliy faoliyat ko‗nikmalarini ko‗rib
chiqaylik, lekin ularni tanqidiy fikrlash deb bo‗lmaydi. Esda saqlash - eng muhim
fikrlash jarayoni bo‗lib, busiz o‗quv jarayonini amalga oshirib bo‗lmaydi, lekin u
tanqidiy fikrlashdan tubdan farq qiladi. Kompyuterning xotirasi har birimiznikidan
anchagina yaxshiroq, lekin esda saqlash tanqidiy fikrlashni bildirmaydi. Ko‗pchilik
o‗qituvchilar har qanday fikrlashdan ko‗ra xotirani rivojlantirishni yuqoriroq
qadrlaydilar, nazorat ishlari va imtihonlarda asosan talabalar xotirasi ko‗lamini
tekshiradilar. Lekin tanqidiy fikrlash tarafdorlari esa aqliy faoliyatning murakkabroq
turlarini nazarda tutadi.
Tushunish, ayniqsa, agar o‗quv materiali qiyin bo‗lsa, murakkab aqliy jarayon
bo‗lib hisoblanadi. Masalan, talaba murakkab teoremani tushunish uchun bosh
qotirmoqda. Albatta uning miyasida murakkab aqliy jarayonlar kechadi, lekin buni
ham hozircha tanqidiy fikrlash deb bo‗lmaydi. Biz o‗zgalar fikrini tushunish ustida
ishlar ekanmiz birinchi bosqichda bizning shaxsiy fikrlashimiz sust bo‗ladi: bunda
biz faqat bizgacha kimdir tomonidan yaratilganni idrok qilamiz xolos, tanqidiy
fikrlash
esa,
yangi,
tushunib
bo‗lingan
g‗oyalar
tekshirilayotganda,
baholanayotganda, rivojlantirilayotganda va qo‗llanayotganda sodir bo‗ladi.
Dalillarni eslab qolish va g‗oyalarni tushunish esa tanqidiy fikrlash uchun zarur
bo‗lgan dastlabki shartlar bo‗lib hisoblanadi, lekin ular o‗zaro yaxlitlikda ham
tanqidiy fikrlashni anglatmaydilar.
Talabalarning fanlarga oid tanqidiy «Tanqidiy fikrlash» tushunchasiga mos
kelmaydigan yana bir fikrlash turi bu – ijodiy yoki ichki his bilan (intuitiv) sezib
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 22-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI