―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 127
www.academiascience.uz fikrlashdir. Sportchi, rassom, musiqachilar miyasida ham murakkab fikrlash jarayoni
sodir bo‗ladi, lekin ular buni hatto sezmaydilar ham.
Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‗liqdir. Chunki
talabalar sust tinglovchi bo‗ladi, ularda o‗qituvchi bilimli yoki matnda uning bilimlari
aks etgan, shu tufayli ularning bilimlariga o‗qituvchi mas‘ul degan ishonch shakllanib
boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida fikrlari va o‗z tanqidiy tahlili
natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. Fikrlash jarayoni
talabalarning o‗zaro bir-birlari bilan fikr aalmashinishlarini ko‗zda tutadi. O‗zaro fikr
almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‗zining qarashlari tizimini
so‗rovchiga zo‗rlab o‗tkazish va boshqa so‗zlovchilar fikrini tuzatib turishdan o‗zini
tiyib turish ham talab etiladi.
―Tanqidiy fikrlash‖ atamasidan pedagogik muhitda anchadan beri foydalanib
kelinadi va turli pedagoglar buni xilma-xil tarzda tushunadilar. Ko‗pchilik
o‗qituvchilar va metodistlar uchun tanqidiy fikrlash ―yuqori tartibdagi‖ fikrlashni
bildiradi - yuqori degani shu ma‘nodaki, U Benjamin Blum tizimiga ko‗ra o‗rganish
qobiliyatlarining so‗nggi oliy pog‗onasida turadi. Faylasuflar tanqidiy fikrlash
deganda, odatda mantiqiy fikrlash va isbotlash ko‗nikmalarini tushunadilar, uning
yordamida talabalar diqqat bilan o‗qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‗z
fikrlarini aniq va o‗ylab ifoda etish imkonini oladilar. Adabiyot nazariyotchilari va
tarixchilar uchun matnning tarkibiy qismlarini ajratishga va matnning kitobxonga
ta‘sir qilish usullarini tanqidiy qayta mushohada qilishga xamda muallif asarni
yaratishda amal qilgan sababalarni aniqlashda yordam beradigan matnga yondashish
―tanqidiy‘ deb hisoblanadi.
Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun uchun quyidagilar bo‗lishi kerak:
talabada o‗ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish;
bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati;
murakkab muammolarni yechish mahorati;
bahsni dalillab olib borish;