Ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 20,35 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü20,35 Kb.
#203284
Ilm-fan va innovatsiya 1037



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
131 
GULLI OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISHI, XILMA-XILLIGI VA TARQALISHI 
Oxnorova Iroda Baxtiyor qizi 
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yoʻnalishi talabasi
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7988776
 
Annotatsiya:
Gulli o’simliklar Yerda keng tarqalgan bo’lib, nafaqat odamlar, balki boshqa tirik 
organizmlar hayotida ham katta amaliy ahamiyatga ega. Gulli o’simliklar magnoliyatoifa deb 
ataladi va deyarli hamma joyda tarqalgan. Bu tezisda gulli o’simliklarning kelib chiqishi, 
xilma-xilligi va tarqalishi haqida gapiramiz. 
Kalit so‘zlar:
gulli o‘simliklar, magnoliya, trias, qarag‘ay o‘rmoni, devon, urug‘, meva, barg, 
poya, ildiz. 
Kirish
Gullari turlicha shakl va rangli gulqoʻrgʻonga hamda uning ichida joylashgan changchi 
va urugʻchiga ega boʻlgan, urugʻlardan soʻng meva hosil qiladigan oʻsimliklar gulli oʻsimliklar 
deyiladi. Gulli oʻsimliklar boʻlami oʻsimliklar olamining eng katta guruhi hisoblanadi. Gulli 
oʻsimliklar barcha iqlim mintaqalarida turli ekolagik sharoitlarda, tropik oʻrmonlardan tortib 
tundragacha, qumlik sahrolardan togʻlarning eng yuqori hududlarigacha tarqalgan. Gulli 
oʻsimliklar biosferadagi oʻsimlik moddalarini massasini asosiy qismini tashkil etadi. Gulli 
oʻsimliklarining boshqa guruh oʻsimlik vakillaridan farq qiluvchi asosiy xususiyati gulli 
oʻsimliklarda qoʻsh urugʻlanish hodisasining mavjudligidir. Gulli oʻsimliklarning urugʻ kurtagi 
bir yoki bir nechta boʻrtgan meva barglaridan iborat berk tuguncha boʻshligʻida boʻladi. Oziq-
ovqat oʻsimliklari, tolali oʻsimliklar, efir moyli va dorivor oʻsimliklarning koʻpchiligi gulli 
oʻsimliklarga kiradi. Gulli oʻsimliklarning hammasi oʻz hayoti davomida gullab meva tugadi. 
Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urugʻlqrdan tashkil topgan boʻladi.
1-rasm Gulli oʻsimliklarning xilma-xilligi [6]
Gulli oʻsimliklarning ayrim manbalarda 533 oila 13ming turkum 250 mingdan ortiq turni oʻz 
ichiga olganligi keltirilgan boʻlsa, boshqa manbalarda 390 oila 13ming turkum va 250 
mingdan ortiq turi borligi haqida maʼlumot berilgan. Gulli oʻsimliklarning xilma-xilligi 


ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
132 
ekologik sharoitning oʻzgarishi bilan bogʻlangan. Ular mln yillar mobaynida oʻzgarib, yangi 
muhitga va sharoitga moslasha borgan. Natijada yangi muhitga xos belgilar paydo boʻlgan va 
mustahkamlangan. Shunday qilib yangi turlar paydo boʻlgan. Gulli oʻsimliklarning kelib 
chiqishi haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi manbalarda gulli oʻsimliklarning 140 mln yil 
baʼzilarida 120 mln yil oldin paydo boʻlgan degan mulohazalar mavjud. Ilmiy manbalarda gulli 
oʻsimliklar bor davrida kelib chiqqanligi keltirilgan. Ayrim olimlar gulli oʻsimliklarning
mezazoy erasining trias davrida, yana boshqa olimlar esa poleozoy erasining perm davrida 
paydo boʻlgan deb hisoblaydilar. R.Melvilla gulli oʻsimliklar devon davrida riniofitlardan kelib 
chiqqan deb fikr yuritgan. Gulli oʻsimliklarning kelib chiqishida 2 xil fikr mavjud.
1.
Monofilitik yoʻl bilan gulli oʻsimliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi.
2.
Polifilitik yoʻl bilan gulli oʻsimliklar bitta oʻsimlikdan emas balki bir nechta qadimiy 
turlardan kelib chiqqan. 
Gulli oʻsimliklarning kelib chiqishi haqida 3 ta nazariya mavjud: 
1.
Psevdant nazariyasi 
2.
Ikkinchi strofilyar nazariyasi 
3.
Tellom nazariyasi 
2-rasm. Gulli oʻsimlikning vakili [8] 
Har bir oʻsimlikning turli oʻziga xos xususiyatlari bor. Masalan, 10 yilda yetiladigan 25 kg ga 
teng Seyshel palmasi yongʻoqlari, tanasida 200 l gacha suv toʻplaydigan Meksika kaktuslari, 
diametri 1 m boʻlgan dunyodagi eng katta gul rafleziya, 6ming yil yashidigan ajdar daraxti. 
Hashoratlar bilan oziqlanadigan nepentus, drosera va Oʻzbekistonda uchraydigan suv 
qaroqchisi, poyasi suv tagida boʻlib guli suv yuzasida ochiladigan nilufar gullar oʻsimlik 
ajoyibotlariga kiradi. Gulli oʻsimliklar 2 ta sinfga boʻlinadi. Bular bir urugʻpallalilar va ikki 
urugʻpallalilar. 
 


ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
133 
References: 
1.
Botanika. Majmua 
2.
I.X.Hamidov ,”Botanika asoslari” 
3.
S.M.Mustafoyev “Botanika” 
4.
M.I.Ikromovormurodov, A.S.Yoʻldoshev, “Botanika” 
5.
arxiv.u 
6.
azkurs.org 
7.
uz.m.wikipedia.org 
8.
medium.com

Yüklə 20,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin