Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o`quvchilarni aqliy tarbiyalash


Xo’sh, ong, milliy ong va mafkura nima?



Yüklə 344,15 Kb.
səhifə2/2
tarix25.09.2023
ölçüsü344,15 Kb.
#148318
1   2
Ergasheva Ra\'noxon

Xo’sh, ong, milliy ong va mafkura nima? (Savollar yuzasidan qisqacha munozara uyushtiriladi) Ongni arabcha «aql» so’zidan olingan, deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari o’rtasida farqlar ham bor.
Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. «Odam onglaydi (anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi»1
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
«Milliy ong - O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda ta’lim-tarbiya muassasalari-ning roli ayniqsa muhimdir.
Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui.
Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo’lib xizmat qilishidir.
Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Bu haqda oldingi mavzularda, boshqa fanlarni o’tish jarayonida ham kup to’xtab o’tilgan. Shu fikrlarni, bilimlarni yana bir esga tushiraylik.
«Aqliy hujum» usuli qo’llaniladi. Talabalar guruhlarga bo’linib , «Milliy istiqlol mafkurasi - xalqimiz manfaatlari ifodachisi», «Milliy mafkuraga qo’yilgan talablar», «Milliy mafkuraning vazifalari», «O’quvchilarga milliy mafkurani singdirish yo’llari» haqida guruh bilan muhokama qilib, o’z xulosalarini beradilar.
«Aqliy hujum» qoidalari yozilgan chizma doskaga osib qo’yiladi.
E’tboringiz uchun raxmat
Yüklə 344,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin