Izoh: Talabgor tomonidan ariza toʻldirilayotgan paytda quyidagilarni tasdiqlash soʻraladi.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida” 2019-yil
2-iyuldagi OʻRQ-547-son Qonuniga muvofiq maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik toʻgʻrisida.
- Topshirilgan ariza boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining qarori qatʼiy va shikoyat qilinishi mumkin emasligi.
- Ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi va innovatsion korxonalarni qoʻllab-quvvatlovchi boshqa rivojlanish institutlari bilan davlat grantlarini olishga ochiq shartnomalari yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasdiqlash toʻgʻrisida.
- Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222 sonli qarori bilan tanishib chiqqanligi toʻgʻrisida.