201. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari. Tayanch iboralar:( Grafika tushunchasi, Grafika turlari, Rastrli,vektorli,fraktal grafika)
Grafika (yun. graphike, grapho — yozaman, chizaman) — tasviriy sanʼat turi. Rasm va rasm sanʼatiga asoslangan, lekin oʻz tasvir va ifoda vositalariga ega boʻlgan bosma badiiy asarlar. "G." termini dastlab xat va xattotlik sanʼati maʼnosida qoʻllangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan yangi maʼno kasb etdi, poligrafiya sanoatining rivoji, fotomexanikaning vujudga kelishi bilan G. tasviriy sanʼat turiga aylanadi.
Jamiyat sohalarida ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:
Ilmiy grafika. -Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun ishlatiladi.
Tijorat grafikasi.- Iqtisodiy ko`rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko`rsata bilish uchun xizmat qiladi.
Konstruktorlik grafikasi.- Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashtirishni ta`minlaydi.
Illyustrativ grafika. Xizmat ko`rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi. Badiiy grafika. San`at asarlarini yaratishda keng qo`llaniladi
Rastrli grafika. Rastr tasvirlar to’g’ri burchakli matritsa shaklida namoyon bo’lib, har bir yacheykasi rangli nuqtadan iborat. Rastr grafikasining asosi piksel’ (nuqta) hisoblanib, u rang bilan ifodalanadi. Tasvir nuqtalar to’plami sifatida akslanib ular qanchalik ko’p bo’lsa ko’rinish shunchalik tiniq va sifatli, fayl esa ko’p joy egallaydi.
Vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo`ljallangan. Vektorli grafika muxarrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flashlarnikeltirish mumkin
Fraktal so`zi lotincha fractus so`zidan olingan bo`lib, maydalangan, bo`lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o`ziga o`xshash qismlardan iborat bo`lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo`lib, ular yordamida daraxtlar, o`rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlarni yaratish mumkin.