Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi: O’zbek va koreys tillarida gap bo’laklarining joylashuv tartibini o’rganish bir qator asarlarda keltirilgan. Bunga misol tariqasida M. Rasulova, Z. Shukurovalarning “Comparative typology of English, Uzbek and Russian languages” asarini, Практическая грамматика корейского языка. Сеул. 1999. asarini, M. Hamroyev, D. Muhammedovalarning oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan “Ona tili” darsligini, Y. Hamrayevaning “O’zbek va ingliz tillarining qiyosiy tipologiyasi” asarlarini keltirish mumkin.