Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:Gap tuzilish usullari, yo’llari turli tillarda turlicha namoyon bo’lishi hamda o’zining murakkabligi bilan bir – biridan ancha farq qilishi hech kimga sir emas. Shu jihatdan hozirda ommalashib borayotgan koreys tili shu qatorga kiradi. Gap tuzilishida gap bo’laklarining tartibi alohida o’rinni egallaydi. Shu boisdan, unda qo’llaniladigan gap bo’laklari hamda grammatik qo’shimchalardan to’g’ri tartibda foydalanilayotganini hamma vaqt ham kuzatishning iloji yo’q. Shunday ekan, mazkur ishda koreys va o’zbek tillarida gap bo’laklari qay tartibda joylashishi va ularning ma’lum bir qoida asosida bo’lishini isbotlash mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.