Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlar masalasi bo‘yicha bir qancha qonun va qaror-
larning qabul qilinishi yurtimizda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilayotganidan dalo-
latdir. 
asrimizning jiddiy muammolaridan hisoblangan va dunyoning bir qator rivojlangan 
davlatlarini o‘ylantirayotgan ma’naviy tahdidlar bizning ham yurtimizga kirishga urina-
yotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunda birinchi navbatda necha ming yillik madaniya-
timizdan, ma’naviyatimizdan, asriy milliy qadriyatlarimizdan, ma’naviy merosimizdan, 
urf-odatlarimiz va an’analarimizdan judo qilishga harakat qilayotgan “Ommaviy mada-
niyat” ta’sirining oldini olish masalasidir. “Ommaviy madaniyat” tarafdorlari yoshlarni, 
ayniqsa, o‘smirlarni kasb-hunar o‘rganishga emas, balki o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lishga 
targ‘ib qiladi. 
Shunisi ayonki, o‘yin sanoati “ommaviy madaniyat” tarafdorlariga katta iqtisodiy 
foyda keltiradi. Ular ayniqsa, yoshlarni jazavaga tushiruvchi o‘yinlar qamrovini kengay-
tirishdan manfaatdorlar. O‘yin avtomatlari, kazinolar asosan g‘arb “Ommaviy madani-
yat”iga xos hodisalar hisoblanadi. Ularni tashkil etuvchilar va ishtirokchilarning asosiy 
maqsadi tezroq boyishdir. 
So‘nggi yillarda “muammoli gambler” o‘yinning talabgorlar soni keskin ortib bor-
moqda. Bunday o‘yinlar milliy qadriyatlar, yoshlar ma’naviyatiga tahdid solmoqda, ja-
miyatda mavjud bo‘lgan madaniy boyliklar va qadriyatlarni yo‘qotishga urinish sifatida 
namoyon bo‘lmoqda. 
kompyuter o‘yinlarini o‘ynashga mukkasidan ketgan o‘smirlarda quyidagi holatlar 
kuzatiladi:
– vaqtni qadrlamay uning aksariyat qismini o‘yinga sarflash;
– qiziqishlari, ehtiyojlari doirasining qisqarishi hisobiga o‘yin haqida ko‘proq o‘ylash;
–  yutqazsa ham o‘yinga to‘ymaslik;
– o‘yin boshlanishini orziqib kutish, o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lmagan vaqtlarda be-
zovtalanish, asabiylashish, ruhiy siqilish kabi holatlarga duchor bo‘lish;
–  tobora ko‘proq o‘yinga berilish, fikru-xayolini o‘yinga topshirib qo‘yish;
– darslarni ikkinchi darajali ish sifatida qarash, uning zarurligini his qilmaslik;
– ota-onasidan o‘yinga pul olish uchun yolg‘on gapirish, o‘g‘irlik qilish; 
– o‘zidan kichiklarga nisbatan tajovuzkor bo‘lish;
– kompyuter o‘yinlari o‘ynashini yashirish maqsadida yolg‘on so‘zlashi kabilar.
ko‘rinib  turibdiki,  o‘smirlik  davrida  tarbiyaga  jiddiy  yondashmaslik,  farzandning 
xatti-harakatlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda salbiy holatlar kelib 
chiqmoqda.
Zero, turli hil o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki 
turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. ya’ni internet o‘yinlariga ishqiboz-
lik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat 
hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib 
borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi. Demak, tarbiya 
jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. 
Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas. Taqiqlangan narsaga nisbatan 
bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. 
Turli  xil  kompyuter  o‘yini,  ya’ni  “action”,  “strategy”  yoki  “shouter”  kabi  bir  qator 
o‘yinlarning  qay  biri  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  bolani  jazavaga  tushish,  tajovuzkorlik, 
ruhiy  buzilishlardan  asrash  uchun  internetdan  to‘g‘ri  foydalanishni  o‘rgatish  muhim. 
Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni 


49
o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan axborot-
larni olish maqsadida kirib kelgan. 
ijtimoiy tarmoqlarda turli ma’lumotlar bilan birga o‘smirlarning xulq-atvoriga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadigan tajovuzkor o‘yinlar, hayosizlikni o‘rgatuvchi rasmlar ham joylashti-
rilmoqda. Xususan, Whatsapp ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar orasida “Momo” 
nomidagi xavfli o‘yin internetda ommalashmoqda. Mazkur o‘yin “ko‘k kit” o‘yini kabi 
xatarli bo‘lib, o‘yin so‘ngida o‘ynayotganlar o‘zini o‘ldirishi kerak bo‘ladi. Bu o‘yinga 
mukkasidan  ketganlarning  aksariyati  yoshlarni  tashkil  etmoqda.  O‘yin  qoidalariga 
ko‘ra,  “Momo”  nomi  ostidagi  abonent  foydalanuvchining  aloqalar  qayd  ro‘yxatiga 
to‘satdan bog‘lanadi va tunda video aloqaga chiqa boshlaydi. keyin foydalanuvchiga 
turli xil qo‘rquv va vaxima uyg‘otuvchi rasmlar jo‘natadi. Shuningdek, tunda “Momo” 
abonenti  o‘zi  jo‘natgan  qo‘rqinchli  filmlarni  ko‘rishga  majburlaydi.  Film  tugagach, 
“Momo” foydalanuvchiga ko‘rgan qo‘rqinchli filmidagi vaxshiy obraz ko‘rinishida vi-
deo aloqaga chiqadi. Muntazam yuborilgan qo‘rqinchli rasmlar va video qo‘ng‘iroq-
lar ta’sirida, foydalanuvchi jismonan va ruhan holsizlanib, tushkunlikka tushib qoladi. 
Shundan so‘ng o‘z hayoti yaqinlari uchun arzimasligini his qila boshlaydi va o‘z joniga 
qasd qiladi.
Shuning uchun ota-onalar o‘z farzandlarining internetda vaqtini nima bilan o‘tka-
zayotganligini hushyorlik bilan kuzatishlari lozim. Ota-onalar o‘smir yoshdagi bolalari 
kiradigan quyidagi saytlarni bilishlari va doimiy nazorat qilishlari talab qilinadi: “Mini 
o‘yinlar”,  “katta  o‘yinlar”,  “Oddiy  o‘yinlar”  “Onlayn  o‘yinlar”,  “yengil  onlayn  o‘yinlar”, 
“Brauzer o‘yinlar”, “Mening olamim o‘yinlari”, “O‘yinlar haqida portal” kabilar. achinarlisi 
bu o‘yinlar bozorlarda millionlab nusxalarda sotilmoqda. 
Hozirda ayrim o‘smirlarning kasallik sifatida e’tirof etilayotgan ludomaniya (ludo 
lotincha o‘yinqimor o‘yinlariga beriluvchanlik)ga chalinayotganliklari kuzatilmoqda. 
Ushbu kasallikka chalingan yoshlar inson tafakkurini zaharlashga qaratilgan internet 
o‘yinlarining g‘oyaviy ta’siriga tushib, turli xil jinoyatlar sodir etishmoqda. ludomani-
ya ham piromaniya o‘yinlariga qiziquvchanlik o‘smirlar orasida keng tarqalgan ruhiy 
xastalik  hisoblanadi.  Piromoniya  olovga  o‘chlik  ma’nosini  anglatadi.  Psixologlarning 
ta’biricha,  piromaniya  ruhiy  kasallik  bo‘lib,  hayotdagi  muvaffaqiyatsizliklar,  ranjishlar 
natijasida kelib chiqadi. Bunday o‘smirlar atrofdagilar bilan chiqisha olmaydi. Har doim 
tushkun kayfiyatda bo‘lib kimlardandir qasos olishga intiladi, ularda isyonkorlik ruhi us-
tun bo‘ladi. Bu kayfiyat “ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilariga qo‘l keladi. Ular bunday 
o‘smirlarni tezgina o‘z tuzoqlariga ilintiradilar. 
kompyuterdagi  “action”,  “Strategy”  o‘yinlari  ham  o‘smirlarning  ularga  ko‘proq 
bog‘lanib  qolishlariga  sabab  bo‘lmoqda.  kompyuter  o‘yinlariga  mukkasidan  ketgan 
o‘smirlar ularning birini tugatiboq, ikkinchisiga kirishadilar. ayniqsa, “Shouter” o‘yinlari 
o‘smir ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki bunday syujetga ko‘ra o‘yna-
yotgan shaxs o‘z oldidan chiqqan barchani o‘ldirish natijasidagina g‘olib bo‘ladi. Bu 
esa kompyuter o‘yinlarini o‘ynayotgan o‘smirlardan tajovuzkorlikni, ruhiy buzilishlarni 
talab qiladi.
Bugun kompyuter o‘smir o‘ynaydigan futbol va voleybol kabi turli o‘yin vositalari-
ning o‘rnini egallamoqda. kompyuterdagi obrazlar ularning ongiga muhrlanib qolmoq-
da. Ular orasida jangari, axloqiy tuban, firibgar shaxslarning timsollari ham mavjud. 
O‘smir yoshdagi o‘quvchilarning bilim olishi, muayyan kasbni tanlashi, muvaffaqiyatli 
ijtimoiylashishlari, o‘zlarining hayot tarzlarini aniq axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi 
ham ularning qanday o‘yinlar, mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishlariga bevosita bog‘liq. 


50

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin