Ilmiy-ommabop asarlani o‘qish metodikasi Mundarija: Kirish I. Bob



Yüklə 37,49 Kb.
səhifə3/6
tarix22.06.2023
ölçüsü37,49 Kb.
#133906
1   2   3   4   5   6
JUMAYEVA GO`ZAL ONA TILI

1.2. 1-sinfda ilmiy-ommabop o‘qish.
1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat darslari moijallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko‘zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin.
Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan bogiab o‘qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o‘quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko‘ra 2-sinf o‘quvchilari „Toshkent-O’zbekistonning poytaxti", „Vatan" mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa „Mangulikka tatigulik kun" (Safar Barnoyev) asarini o‘qish orqali o‘tmish ajdod¬larimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiya-laydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o‘qish darsini uyushti-rishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushimishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o‘tkazish.
2. Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash.
3. Asar rejasini tuzish.
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish.
7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoya-lashga tay¬yorlash va maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchi-larning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi. Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o‘qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o‘stiradi.
25- mavzu. Topishmoq, tеz aytish, maqol janridagi asarlarni o‘qitish mеtodikasi
1.Topishmoqni o‘qitish mеtodikasi
2.Tez aytish o‘qitish mеtodikasi
3.Maqol o‘qitish mеtodikasi
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog‘liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo‘lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. Topishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini yaxshilab o‘qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o‘quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o‘rgatadi. Shu sababli xalq og‘zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo‘llanilgan. 1-2-sinf «O‘qish kitobi» da topishmoqlar ko‘proq har bir matn ostida keltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o‘zlashtirilishiga erishishdir. Masalan, 1-sinf «O‘qish kitobi» da «Kitobga mehr» matni ostida «Qat-qat qatlama, Aqling bo‘lsa tashlama» topishmog‘i keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda b erilganda ularning javobi oson topiladi. 1-4-sinf o‘qish darsliklarida «Topishmoqlar» mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o‘stiradi. Darsliklarda topishmoq javoblari ostiga yozib qo‘yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o‘tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o‘quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilgan bo‘ladi.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday topishmoqlar sho‘x, qiziqarli bo‘ladi. Masalan, 4-sinf «O‘qish kitobi» da «Quvnoq topishmoqlar» (A. Akbar), «Buni toping, qizlarim» (G‘. G‘ulom) kabi topishmoqlar keltirilgan.
Tez aytishlar ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan janr hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko‘pgina tez aytishlar keltirilgan. Masalan, «Botir botmas botqoqqa», «Qobil qozonda qovurdoq qovurdi», «Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga bayroqni berdimi?», «Olim oldidagi oltita olmani oldi» va boshq.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, boshlang‘ich sinf darsliklariga o‘quvchilar yoshiga mos, mavzular bo‘yicha tanlab olingan, ko‘proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o‘rganish boshlang‘ich sinflarda dastlab har bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida o‘rganishda esa o‘qituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin.
Maqol o‘rganish metodikasi
Maqol turmush tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko‘pincha she’riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralardir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo‘lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko‘pincha maqol o‘git, nasihat xarakterida bo‘ladi: “Er haydasang - kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda”, “Hunari yo‘q kishining, mazasi yo‘q ishining” kabi.
Maqol xalq og‘zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo‘lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari - ohangdor tovushlar takrori bo‘ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo‘lgan ajoyib so‘z ustalarining o‘lmas satr va hikmatli so‘zlari ham ko‘pincha xalq maqollariga o‘xshab ketadi. Masalan, A. Navoiyning “Mahbub ul-qulub”da aytgan bir qancha hikmatli so‘zlari shular jumlasidandir: “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur”, “Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz” va boshq.
Ma’lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Maqollarni o‘rganishda ham bu bosqichlarga e’tibor qaratish kerak. 1-2-sinflar maqollarni o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa, savod o‘rgatish davri maqollarni o‘qish va o‘rganishning tayyorlov bosqichidir.
Savod o‘rgatish davridayoq o‘quvchilar maqollarni o‘qiydilar. Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, ular matn g‘oyasini o‘quvchilarga lo‘nda, aniq etkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o‘quvchilarga maqollar o‘qitiladi, ma’nosini bilganlaricha izohlab berishlari so‘raladi. O‘quvchilar javobini o‘qituvchi to‘ldirib, misollar bilan dalillab beradi.
Maqollarni o‘rgatish o‘qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g‘oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug‘atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedovning «Hikmatnoma» (o‘zbek maqollarining izohli lug‘ati), Toshkent, 1990) dan uning ma’nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o‘qituvchi “Maqollar to‘plami” va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o‘qish va o‘rganish, tahlil qilish asar o‘qilib, tahlil qilinib bo‘lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan g‘oyani tushunmay turib, maqolning ma’nosini izohlash qiyin bo‘ladi. Mualliflar ham maqol ma’nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo‘ladilar.
Ilmiy-ommabop maqolalarni o’qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o’rgatishdan iborat. Ilmiy prozada real muhit faktlarini kuzatish natijasining mantiqiy umumlashmalari va xulosalari xisoblangan aniq tushunchalar aks ettiriladi.
Tabiatshunoslikka oid (1- sinfda) va tarixiy mavzudagi maqolalarni o’qish bilan bog’liq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo’rtishi), o’quvchilarni yuz bergan o’zgarishlarni, zavodlar, elektr stansiyalarini qurilishi kabi buyuk tarixiy voqealarning guvohi va ishtirokchilari bo’lgan kishilar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq. 1-sinf dasturida o’qish bilan bog’liq holda kuzatish, ekskursiya, fan darslar mo’ljallanadi. Masalan, yil fasllari (kuz, qish, bahor, yoz) da mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o’zgarishi, o’simlik va hayvonlarning hayoti) ni, shuningdek, kishilarning mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog’, xiyobonlarga) ekskursiyalar o’tkazish ko’zda tutiladi.
Ekskursiyalar bilan bog’liq holda fan darslar o’tkazilib, o’quvchilarning o’zlari yiqqan, shuningdek, o’qituvchi olib kelgan daraxt kurtaklari, gullar, turli o’simlik va boshqalar o’rganiladi. Ekskursiyada ko’rganlaridan tashqari, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi. Fan darslarida ko’rgazma sifatida o’quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin. Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog’lab o’qitish kishilar ilgari baxtli hayot uchun, o’z hayotlarini yaxshilash uchun, ota-bobolarimiz dushmandan vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib etishga yordam beradi; bolalar mehnat hayotning asosi ekanini, kishilar hayoti mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Mavjud dasturga ko’ra, 2- sinf o’quvchilari “Toshkent metrosi” mavzusidagi maqolalarni, 4- sinfda esa “Asrga tatigulik kun” asarini o’qish orqali o’tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati, kurashi haqida Yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi, ularda materialistik dunyoqarashni shakllantiradi, mehnat qilish zarurligini tushunishlariga yordam beradi. Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti (jadvali) asos qilib olinadi:
1) o’qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o’tkazish;
2) maqolani yoki uning bo’limini o’qish, ayrim so’zlarning ma’nosini tushuntirish;
3) maqola yoki uning bo’limi rejasini tuzish;
4) o’qilgan maqola yuzasidan suhbat;
5) o’qilgan bo’limni asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yozish;
6) reja asosida maqolani qayta o’qish;
7) maqolani yaxlit o’qish; bunda bolalarni qayta himoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi o’zlashtirishlariga erishish maqsadi ko’zda tutiladi;
8) xulosalash va umumlashtirish;
9) reja asosida qayta hikoyalash.

2. Ilmiy-ommabop asarlarning insonlar turmush tarzi bilan bog’liqlik jihati.


Ilmiy-ommabop maqolalar bolalarni gazeta va jurnallarni o’qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o’zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o’stiradi.
O'qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir-biriga ta ’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta ’kidlash kerakki, badiiy asar markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o'qituvchining diqqat markazida turadi. O'quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan taqdirdagina matnni to 'g 'ri o'qish, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang'ich sinflarga tatbiq etganda, awalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o'quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o'stirish zarur. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o'quvchilaming yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
To'rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o'quvchilarni asarning g'oyaviy yo'nalishini tushunishga o'rgatish muhimdir, bu asami to'g'ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko'nikmasini, o'quvchilaming dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o 'z munosabatini ifodalashga harakatqiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g'oyaviy mag'zini tashkil etadi. Asarning g'oyaviy yo'nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog'liq. Asarning tarbiyaviy ahamiyati, o'quvchiga ta ’sir kuchi uning g'oyaviy yo'nalishiga


Yüklə 37,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin