Ilmiy-ommabop asarlani o‘qish metodikasi Mundarija: Kirish I. Bob



Yüklə 37,49 Kb.
səhifə5/6
tarix22.06.2023
ölçüsü37,49 Kb.
#133906
1   2   3   4   5   6
JUMAYEVA GO`ZAL ONA TILI

2.2. 3-4-sinfda ilmiy-ommabop o‘qish.
3-4-sinflarda maqol janri bo‘yicha tahliliy ishlar o‘quv yili davomida izchil uyushtirilib boriladi, ya’ni «Asar g‘oyasiga oid maqol ayting», «Maqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating» kabi topshiriqlar beriladi, «Maqollar aytish musobaqasi», «Maqollar mushoirasi» kabilar tashkil qilinadi.
Maqollarni o‘rganishda ko‘rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, ta’lim-tarbiyaning birligi tamoyillariga amal qilinadi.
4-sinf yakunida maqol janrini o‘rganish yuzasidan umumlashtiruvchi darsni tashkil qilish zarur. Bunda o‘quvchilarga yod olingan maqollar mavzusiga qarab guruhlash ustida ish olib boriladi.
Yuqoridagilarni hisobga olganda, maqolni o‘rganishda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. Maqolni o‘qib, uning mazmuni ustida ishlash.
2. Maqoldagi so‘zlarning ma’nosini izohlash.
3. Badiiy til vositalari ustida ishlash.
4. Maqolni yod oldirish.
5. Maqol matnidagi qarama-qarshi ma’noli va ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va ularning maqolda ifoda etilgan g‘oya bilan aloqasini ochish.
6. Matn mazmuni va g‘oyasiga mos maqol toptirish.
7. Maqollarni mavzular bo‘yicha guruhlash.
O‘qish darslarida ilmiy–ommabop asarlarni o‘rganish darsini kuzatish va tahlil qilish. Boshlang`ich sinf dasturida o'qish bilan bog'liq holda kuzatish, sayohat darslari mo'ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (obhavoning o'zgarishi, o'simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog', xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko'zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalaming nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi. Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o ‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin. Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan bog'lab o'qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o'quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli
rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Dasturga ko‘ra 2-sinf o'quvchilari ,,Toshkent“ , „Toshkent metrosi" mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa „Mangulikka tatigulik kun“ (Safar Barnoyev) asarini o'qish orqali o'tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalami Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbi- yalaydi.Kuzatilgan darslar yuzasidan tavsiyalar berish
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o'qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O'qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o'tkazish.
2. Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o'qish, o'quvchiga notanish bo'lgan so'zlar ma’nosi ustida ishlash.
3. Asar rejasini tuzish.
4. O'qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o'qish.
7. Maqolani yaxlit o'qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash
va maqola mazmunini yaxshi o'zlashtirishlariga erishish maqsadi
ko'zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop maqolalarni oʻqitishdan asosiy maqsad: oʻquvchilarga
tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim,
bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va unda aniq bilim olishga
olishga oʻrgatishdan iborat. Boshlangʻich sinf oʻqish kitoblaridagi
ilmiy ommabop maqolalarda asosan oʻquvchilarning bilishi zarur
hisoblangan ilmiy manbalar, tarixiy shaxslar hayoti faolyati, ularning
buyuk kashfiyotlari yoxud koʻpgina sohalarda erishilgan fan va
texnika yutuqlari oʻquvchilar tushunchasiga moslab bayon qilinadi.
Boshlangʻich sinf oʻqish kitoblaridagi ilmiy-ommabop maqolalar har bir
sinf oʻquvchilarining yosh xususiyatiga qarab turli mavzu koʻrinishida
aks etadi. Bunday maqolalar har bir sinf oʻquvchilarning yosh
xususiyatiga qarab turli mavzu koʻrinishida aks etadi. Bunday maqolalar
nazariy maʻlumotlar, aniq ilmiy manbalar asosida oʻquvchilarga moslab
hikoya qilinadi, tarixiy shaxs yoxud, voqelik haqida ijtimoiy hayotdagi
muhim hodisalar toʻgʻrisida mushohada yuritiladi, ibratomuz , ma’rifiy
saboq vazifasini oʻtaydi. Boshlangʻich sinf oʻqish kitoblarida tarixiy
shaxslar, buyuk allomalar haqida alohida mavzularning bagʻishlangani
diqqat sazovor albatta. Shu bilan mazkur darsliklarda boshlangʻich sinf
oʻquvchilarning yosh doirasi asosida turli xildagi mavzularga oid
maqolalar alohida ahamiyatga ega. Bunda darsliklarda keltirilgan tabiat
mavzusiga bagʻishlangan maqolalar boshlangʻich sinf oʻquvchilarni
tabiatdagi hodisalar, fasllar almashinuvi, oʻlkamizga kirib keladigan har
bir faslning oʻziga xosligi, unda oʻtkaziladigan bayramlar tushuntiriladi.
Boshlangʻich sinf oʻqish kitoblari esa oʻz mohiyati e’tibori bilan
oʻquvchi taʻlim-tarbiyasiga xizmat qiladi. Jumladan, ilmiy ommabop
matn va maqolalar orqali ham nazariy ma’lumot , ilmiy mushohadalar
bayon qilinadi, ham oʻquvchida badiiy estetik zavq uygʻotadi. Bunday
maqolalardagi fikr bolaga tez ta’sir qiladi, muhim voqealar, hayotiy
dalillar, yetuk tarixiy shaxslar toʻgʻrisidagi fikrlar, rivoyat va hikmatlar
yosh avlod tafakkurini shakllantirishga asos boʻladi. Tarixiy mavzudagi
maqolalarni unga mos rasmlar bilan bogʻlab oʻqitish kishilar ilgari baxtli
hayot uchun, oʻz hayotlarini yaxshilash uchun qanday kurashganliklarini
tushunib yetishga yordam beradi. Boshlangʻich sinf oʻqish kitoblarida
oʻquvchilarning eng avvalo , ilmiy-ommabop maqolalarni oʻqish
koʻnikmasini hosil qilish zarur . Shuningdek, ular oʻqilgan maqolalar
haqida mushohada yuritish, ijtimoiy dolzarb mavzular mohiyatini
anglashi maqsadga muvofiq.
Ilmiy –ommabop asarlarni oʻqish , oʻz navbatida , muhim va
oʻziga xos faoliyat turi hisoblanadi. Bunda oʻquvchilarning bilimi va
dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uygʻotadi,
u oʻquvchilarda keng qamrovli, dunyoqarash shakllanishini, tarixiy
voqelarga toʻgʻri munosabat bildirishni tarbiyalaydi. Vatanimizning buyuk
oʻtmishi, ajdodlarimizning Vatan va xalq uchun fidoyiliklar haqidagi ilmiy
ommabop maqolalar oʻquvchilarga ma’rifiy saboq berdi. Boshlangʻich
sinf oʻqish kitoblarining yangi nashrlaridagi oʻziga xos xususiyatlaridan
biri ularda ilmiy-ommabop matn va maqolalarning koʻplab berilishidadir.
Jumladan, mustaqillik, yurt qahramonlari ulugʻ , allomalar, hamda
ma’naviyatimizning oʻzanlarini belgilovchi dolzarb mavzudagi ijtimoiy
ahamiyatga ega maqolalar yosh avlod dunyoqarashida oʻziga xos
burilish yasaydi, Ya’ni, ularning tafakkur , olami boyishi, shiddat bilan
taraqqiy etayotgan ona-yurtimizga nisbatan faxr–iftixor uygʻonishiga
zamin hozirlaydi. 1-4-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklaridagi
ilmiy-ommabop maqolalar mavzusi , ifodasi , ijtimoiy , hayot yoxud ilmiy
manbaalar asosida yozilganiga koʻra oʻzaro tafovutlansa-da mohiyat bir.
Oʻquvchilarning ijtimoiy va ilmiy bilimini oshirish. Shuningdek 1-4-sinf
oʻquvchilari hammasi boʻlib 45ta ilmiy –ommabop matn va maqolalar
oʻqir ekanlar va ularga ajratilgan dars soati ham shuncha miqdorni
tashkil etadi.

XULOSA
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti,
mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy
sanalar to‘g‘risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy,
Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi
asarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi
farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda
Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o‘tmishi haqida
hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar
o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar, jamiyat taraqqiyoti
xususida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy
istiqlol bilan bog‘liq H. Imonberdievning «O‘zbekistonim», J. Jabborovning
«Istiqlol» (2-sinf), A. Rustamovning «Bayroq nima?», A. Obidjonning «O‘ktam
avlod» (3-sinf), S. Barnoevning «Mangulikka tatigulik kun», E.Malikovning
«Assalom, Neksiya!» (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday
mavzudagi asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.
Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag‘riga sayohat
uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o‘rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili
vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar
namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman, «O‘qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma
nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O‘qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog‘i»,
«Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom
ettirilgan. Bu esa o‘quvchilarning oldingi bilimlari to‘ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich
sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar
matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi
matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan
chambarchas bog‘lab olib boriladi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rangbarangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh
xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va
malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib etishishlariga erishish
o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS va «Ona tili» o‘quv dasturida o‘qish ta’limi
oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish,
o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar
quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish
malakalarini shakllantirish.
2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga
o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza
yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish.
3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish
hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan etuk va mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o‘stirish.
6. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy
metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘liq holda va sinfdan tashqari
o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi.



Yüklə 37,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin