Ilmiy-ommabop asarlani o‘qish metodikasi Mundarija: Kirish I. Bob


II.BOB. 2.1. 2-sinfda ilmiy-ommabop o‘qish



Yüklə 37,49 Kb.
səhifə4/6
tarix22.06.2023
ölçüsü37,49 Kb.
#133906
1   2   3   4   5   6
JUMAYEVA GO`ZAL ONA TILI

II.BOB. 2.1. 2-sinfda ilmiy-ommabop o‘qish.
1-2-sinflarda maqolni ifodali o‘qish va yod olishga ahamiyat beriladi. 1-sinf darsligida bo‘lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni o‘rganishga katta e’tibor berilgan. Masalan, “Xalq o‘giti - baxt kaliti” bo‘limidagi savol-topshiriqlarda “Rostgo‘ylik haqidagi maqollardan ayting”, “Odob insonga husn” bo‘limida ““Qanoatda - barakat” maqolining ma’nosini tushuntirib bering”, “Ko‘klam - yashnadi olam” bo‘limidan so‘ng “Bilim olish haqidagi maqollarni ayting” kabi vazifalar berilgan. Har bir bo‘lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki bu maqolni o‘rganish ko‘zda tutilgan.
1-2-sinfda maqolning mazmunini o‘rganish va yod olishdan tashqari, uning matnidagi izohtalab so‘zlar, birikmalar ustida lug‘at ishi o‘tkazish, badiiy til vositalari, ko‘chma ma’noli, qarama-qarshi ma’no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so‘zlar ma’nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf «O‘qish kitobi» da “Ona yurting - oltin beshiging” maqoli berilgan. Mana shu maqol matni ustida ishlaganda, ““Yurt” so‘zini qaysi so‘zlar bilan almashtirish mumkin?”, “Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?”, “Beshik oltin bo‘ladimi?” kabi savollar berish yo‘li bilan o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari, “Eling senga cho‘zsa qo‘l, Unga doim sodiq bo‘l” maqolining ma’nosini tushuntirishda shu bo‘limdagi asarlardan, bolalar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim. Masalan, “”Jar” sport kompleksi sizning sog‘lom o‘sishingiz uchun yaratildi. Maktabda bepul bilim olyapsiz. Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?” kabi. Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda ““Qo‘l cho‘zsa” deganda nimani tushundingiz?” kabi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilish va uning qanday ma’noda kelayotganini aytib o‘tish foydadan xoli bo‘lmaydi.
2-sinfda “Ish ishtaha ochar” matnidan keyin: “Ish ishtaha ochar, Dangasa ishdan qochar”, “Kuch birlikda” matniga “Birlashgan o‘zar, Birlashmagan to‘zar” maqollari keltirilgan. Bu maqollar ustida ishlaganda ham darslikdagi matn o‘rganib bo‘lingach, asarning g‘oyasini ochishda va xulosa tarzida maqol mazmuni ochiladi. Maqol tili ustida 1-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o‘quvchilar uning yaratilishi haqida, uning oddiy gapdan farqini bilib oladilar.
1-sinfda maqollarni to‘g‘ri o‘qish va yod olishga e’tibor ko‘proq qaratiladi, 2-sinfda esa o‘quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin.
3-4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o‘rganish jarayonida ham muntazam o‘rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to‘g‘ri va ongli o‘qish malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so‘zning va yaxlit maqolning ma’nosini to‘liq idrok etishga erishishdir. O‘quvchilar o‘qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so‘zlarni o‘zi mustaqil topa olish ko‘nikmasini egallashi, ular yordamida o‘qilgan asarlar yuzasidan to‘g‘ri hukm chiqarishga o‘rganishlari zarur.
3-4-sinflarning «O‘qish kitobi»da «Xalq og‘zaki ijodi» bo‘limi tarkibida «Maqollar» mavzusi alohida olingan. Bu mavzuni o‘rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar ma’lumotlar beriladi. Bunda maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir xalqning milliy ma’naviyatining shakllanishida muhim vosita bo‘lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi.
Maqollar mavzular bo‘yicha guruhlab o‘rgatiladi. Masalan, 4-sinf «O‘qish kitobi»da maqollar «Ona yurting-oltin beshiging», «Eldan ayrilguncha, jondan ayril», «Mehnat-baxt keltirar», «Odobing-zebu ziynating», «Olim bo‘lsang, olam seniki», «Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar» kabi mavzular asosida birlashtirilib berilgan. O‘quvchilarga maqollarni mavzu bo‘yicha guruhlab o‘rgatishda o‘qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun-g‘oyasini maqol bilan bog‘lash kerak. Bu jarayonda o‘quvchilarning hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki o‘quvchilarga maqol g‘oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga
ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va
axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar
ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk
bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat
ta’lim standartlari (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quvbiluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan
o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan
intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda «O‘qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan
olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik
kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy,
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar
bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa,
o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan
badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang‘ich sinf “O‘qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular
o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini
milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi.
Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining etakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini
ta’minlash bilan birga o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu
doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga
muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy
mavzular doirasida birlashtirilgan.
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot,
mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va
tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat
haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni
anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o‘qish
darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, 2-sinf “O‘qish kitobi”dagi «Ona
yurtim-oltin beshigim» bo‘limiga kiritilgan «O‘zbekistonim» (H. Imonberdiev),
«Istiqlol» (J. Jabborov), «O‘lka» (E. Vohidov), «Yur tog‘larga» (U. Nosir), 3-sinfda
«Ona bitta, Vatan yagona» bo‘limidagi «Vatan haqida she’r» (A. Avloniy),
“O‘zbegim” (E.Vohidov), «Vatan mo‘’tabardir» (X. Davron), «Bilib qo‘yki, seni
Vatan kutadi» (Tohir Malik), 4-sinfda «O‘zbekiston − Vatanim manim»
bo‘limidagi «Serquyosh o‘lka» (Z. Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov),
«Toshkentnoma» (M. Shayxzoda), “Xarita” (N.Norqobil) kabi asarlar misolida
atroflicha tahlilga tortiladi

Yüklə 37,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin