Oraliq nazorat topshiriqlari



Yüklə 39 Kb.
tarix14.05.2023
ölçüsü39 Kb.
#113368
119698 2-kurs Sirtqi BT S-5. ONA TILIdan ON topshiriqlari


NIZOMIY NOMIDAGI TDPU “BOSHLANG‘ICH TA’LIM” FAKULTETI
SIRTQI 2-KURS BT S/5 TALABALARI UCHUN “ONA TILI” FANIDAN
ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARI
(IV semestr)

1. Badiiy asarlardan modal, undov va taqlid so‘zlar qatnashgan 2 tadan gap yozib olib, ularni tahlil qilish.





Modal so‘zlar tahlili namunasi

1. Ma’no turi.
2. Sofmi yoki vazifadosh? Vazifadosh bo‘lsa, qaysi turkumdan kеlib chiqqanligi.
3. Gapda bajargan vazifasi.




Undov so‘zlar tahlili namunasi

1. Ma’no turi.
2. Tuzilish turi.
3. Otlashgan-otlashmaganligi.
4. Gapda bajargan vazifasi.




Taqlid so‘zlar tahlili namunasi

1. Ma’no turi.
2. Tuzilish turi.
3. Otlashgan-otlashmaganligi.
4. Gapda bajargan vazifasi.

2. Badiiy asarlardan gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlariga 2 tadan (jami 8 ta) gap yozish.


3. Badiiy asarlardan 2 ta gap yozib olib, tarkibidagi so‘z birikmalarini aniqlash va ularni tahlil qilish.





So‘z birikmasi tahlili namunasi

1. Gapdagi so‘z birikmalari aniqlanadi.
2. Hokim va tobe so‘zlar aniqlanadi.
3. Hokim va tobe so‘zlarning bog‘lanish usuli (moslashuv, boshqaruv, bitishuv).
4. So‘z birikmasining hokim so‘z turkumi bo‘yicha turi aniqlanadi.
5. So‘z birikmasining tuzilish turi aniqlanadi.

4. Badiiy asarlardan 3 ta gap yozib olib, gap bo‘laklari bo‘yicha tahlil qilish (ustiga yozish va tagiga chizish kerak).


5. Badiiy asarlardan gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar qatnashgan 8 ta (har biriga 2 tadan) gap yozib olib, bu birliklarni tahlil qilish.


ESLATMA! Ushbu topshiriqlar bitta WORD faylda yuboriladi. Fayl nomida guruh va talabaning ism-sharifi yozilishi kerak.

Topshiriqlar hamma talabaga bir xil shaklda bo‘lib, har bir talaba bu topshiriqlarni mustaqil va ijodiy yondashish orqali bajaradi. To‘liq tahlil qilingan ishlarga ball qo‘shib beriladi.


Agar yuborilgan topshiriqlar bir xil bo‘lsa, ko‘chirganga ham, ko‘chirtirganga ham ball qo‘yilmaydi!!!




MUDDAT: 2022-yil 28-may soat 24.00 gacha
Yüklə 39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin