Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni
qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa
inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta
ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda,inson ishtirokisiz amalga
oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qo‘llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish
mumkin:
• ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
• loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
• tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
• texnologik jarayonlarni boshqarish.
Dostları ilə paylaş: |