Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalarning qo’llanilishi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/18
tarix26.01.2022
ölçüsü1,15 Mb.
#51617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
A nutq referat Yagmurov Shatlik 104 19 DI

  1

.

Uslublar tasnifi .Imliy uslub va ommabop(publistik) uslub

.

 

  O’zbek tili  uslublarini  vazifaviy  jihatdan  tasnif  qilish  ikki  omilga  –  til  

va tildan  tashqarida  bo’lgan  omillarga  tayanadi. Bu uslublarning 

N.A.Baskakov, A.Sulaymonov,  A.Shomaqsudov,  G’.Abdurahmonov,  

B.O’rinboyev, S.Muhamedovlar  tomonidan  tavsiya  etilgan  variantlari  

mavjud  bo’lib, ularda asosan beshta uslub – so’zlashuv,  ommabop,  ilmiy, 



rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi. 

  Ular haqida bilimga ega bo’lish o’quvchilarga ona tilimizning nutq 

jarayonidagi imkoniyatlarini o’rganishga ko’maklashadi.  

  Rasmiy uslub Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, 

qonunlar, nizomlar,xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, 

tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv  qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai  

hol,  e’lon, tavsifnoma,  dalolatnoma,  hisobot  kabilar  ham  shu  uslubda  

yoziladi. 

  Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa,  aniq, barcha uchun tushunarli qilib 

tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi : jumlalarning bir qolipda, bir xil 

shaklda bo’lishi. Bu uslubda  ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, 

ko’pchilikka  ma’lum bo’lgan  ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir 

sohaning  o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga 

olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi 

so’z va so’z birikmalari ko’plab uchraydi.Rasmiy-idoraviy uslubda 

ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq 

gaplardan ham foydalaniladi. 

 Rasmiy uslub hozirgi o’zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy 

muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo’ladigan 

ko’rinishidir. Qonun  matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas 

barcha rasmiy ish qog’ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning 

og’zaki va yozma ko’rinishlari, binobarin, ushbu ko’rinishlarining o’z  

me’yorlari mavjud. Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnda 

noaniqlikka, izohtalab o’rinlarga yo’l qo’yilmasligi lozim. Fikr va mazmun 

sodda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi kerak. 

 Shu o’rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik 

vositalar va kategoriyalarning qo’llanilishi bir xil darajada emasligini 

ta’kidlash ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda 

boshqa  so’z turkumlariga  qaraganda ikkinchi  darajali  omil hisoblanadi.   




 

  Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko’zga 



tashlanadi.Unda darak gaplar, uning ayniqsa qo’shma gap shakli ko’p 

ishlatiladi. Yoyiq  va murakkab so’z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, 

murakkab tipdagi nomlar keng qo’llaniladi.Gap tuzilishida o’zbek tilidagi 

odatdagi me’yorga amal qilinadi va yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy 

uslubga o’xshab ketadi. 

  Ilmiy uslub Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar 

ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik  aniqlik  bu  uslubga  xos  xususiyatlardir.  

Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar  asosida  chiqarilgan  ilmiy  xulosalar  

(qoidalar,  ta’riflar)ga boy bo’lishi  bilan boshqa  uslublardan  farq qiladi. 

Misol uchun:  Yomg„ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog„ini. 

Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo’ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning 

o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z 

ma’nosida qo’llanadi,qoida yoki ta’rifning  mazmunini ochishga xizmat 

qiladigan ajratilgan bo’laklar,kirish so’zlar, kirish  birikmalar, shuningdek, 

qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi. 

  Ilmiy uslub ilmiy  asarlar uslubidir.Til birliklarining fan sohasida,ilmiy 

bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo’ladi.   

  Ilmiy tafakkur fikrlashning o’ziga xos usuli ekanligi,obyektiv borliqni idrok 

etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish,fikriy izchillik kabi 

ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turning 

shakllanishida,binobarin,nutqiy me’yorning o’ziga xos turining yuzaga 

kelishida muhim omil sanaladi.Yuqorida bu kabi xususiyatlarning 

mushtarakligi bilan rasmiy uslubga yaqinligi aytib o’tilgan edi. Ilmiy 

uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o’quv 

qo’llanmasi, o’quv-metodik qo’llanma, dastur, ma’ruza  matnlari,taqriz va 

referat singarilar uning ana shu janr ko’rinishlari hisoblanadi. Garchi 

ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridan 

farq qilsa-da, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko’ra umumiylikni 

tashkil etadi. 

Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 




Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin