Sakrovchanlik sifatini rivojlantirish
Abduvaliyeva Umida Alisher qizi 105A BS
1)SAKROVCHANLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH UCHUN MASHQLAR MAJMUYINI TUZISH.
S akrovchanlik tezkor kuchlilik sifatlariga mansub bo'lib, oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarish bilan ifodalanadi. Har bir atlet uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik sifatining turlari ko'p. Masalan, ikki oyoq bilan debsinib yugurib kelib yoki joydan turib vertikal sakrash bir oyoq bilan debsinib vertikal yoki uzunlikka sakrash, ikii oyoq bilan debsinib uzunlikka sakrash va xokazo. Har bir sakrash turining o'ziga xos maqsadi va maqsadga mos ijro etish tartibi (texnikasi) bo'ladi. Voleybol, basketbol, futbol va boshqa sport o'yinlari bilan shug'ullanuvchi sportchilarning sakrovchanligi bir-biridan farq qiladi.
S akrovchanlik (vertikal sakrash, dioganal sakrash, yonga vaorqaga sakrash, sakrash tezligi, sakrash chidamkorligi) sifatlarini oddiy standart jismoniy mashqlar, og'irliklar (qo'l-oyoq va belga bog'lanadigan qo'rg'oshin plastinkalar), moslamalar va trenajyorlar yordamida jadal rivojlantirish mumkin.
Sakrovchanlik sifatini rivojlantirish uchun avvalo oyoq mushaklarini qizdirib olish lozim. Buning uchun yugurish mashqlari, o'tirib-turish mashqi va shu kabi oyoq mushaklari uchun mashqlar yaxshi foyda beradi. Sakrash sifatini yuksaltirish uchun yana sakrash qoidalarini mukammal bilmoq lozimdir. Ulardan birinchisi, tayyorgarlik bosqichi: bunda sportchi qo'llarini orqaga q ilib, yarim cho'qqayib o'tiradi. Bu holat oyoq mushaklarini taranglashtirib, harakatning portlab chiqishini ta'minlaydi. Ikkinchisi, sakrashning asosiy bosqichi: bu sportchi depsinish harakatini amalga oshiradi. Depsinish oyoq kaftidan oyoq uchiga ko'tarilishi va oyoq tizzalari hamda tos-son bo'g'imlari to'g'irlanib yozilishi asosida sodir bo'ladi. Depsinishdan so'ng sportchi havoda tanasini, ayniqsa oyoqlarini oldinga cho'zadi, bu sakrash masofasini uzayishini ta'minlaydi. Uchinchi bosqich, sakrashning yakuniy (qo'nish) bosqichi: Bunda sportchi yerga avval oyoq uchi bilan (bu amortizatsiya vazifasini bajaradi) keyin butun kaft bilan tizza bo'g'imi bukilgan holda qo'nishi kerak.
2)Sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan harakatli o’yinlarni toping va ta’rif bering
Bu sifatni yaxshilovchi o`yinlarga basketbol , volleybol , qo`l to`pi , uzunlikga sakrash kabi sport turlarini misol qilib keltirsak bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |