10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə1/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
10-mavzu PB


10-Mavzu:PERSONALNI RIVOJLANTIRISH.
(2 soat)
Reja:



  1. Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi — uzluksiz ta’limning „O‘zbek modeli".

  3. Personalning uzluksiz ta’limini tashkil etish.

  4. Personalni masofadan turib uqitish va ularning turlari.

  5. Personalni qayta tayerlash va malakasini oshirish.

  6. Uzluksiz ta’limning o‘quv-moddiy negizi va o‘quv-uslubiy ta’minoti.



1.Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati.

Personalni rivojlantirish shaxs qadriyatlarini o‘zgartirish bo‘lib, u xodimning bilim va ko‘nikmalarini o‘zgartirishni talab etadi.


Personalni rivojlantirish — ishchi kuchi sifatini oshirishga qaratilgan.
Ishchi kuchi sifati iqtisodiy kategoriya sifatida insonning mehnatga layoqatini shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan shaxs va jamiyat, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ushbu munosabatlarning ishlab chiqarish faoliyatida namoyon etish darajasini ifoda etadi.
Mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan inson xususiyatlari muayyan tarkibni tashkil etadi. Quyidagilar bu tarkib bo‘laklaridir:

  • qiziqish (motivatsiya)1 xususiyatlari;

  • kasbiy-malaka xususiyatlari;

  • aqliy (intellektual) xususiyatlar;

  • nufus (demografik) xususiyatlari, salomatlik. Ushbu xususiyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib (9.1- rasm), bevosita ishchi kuchiga, sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.




Bugungi kunda taraqqiy etgan barcha kompaniya va firmalarda ishchi kuchi sifatini oshirishga nihoyatda katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, AQSHning „Motogolla” korporatsiyasi mutaxassislar va menejerlarni tayyorlash hamda malakasini oshirish uchun o‘quv markazlari keng tarmog‘i bilan birgaliqda o‘z texnika universitetiga ham ega. So‘nggi o‘n yil ichida korporatsiyaning kadrlar tayyorlash uchun sarf-xarajatlari 7 milliondan 120 million dollarga etdi.


Germaniyada ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir ishchi va mutaxassis kamida ikki yilda bir marta turli kurslarda o‘z malakasini oshiradi. Ushbu jarayonning asosiy tashkilotchilari korxonalardir. Ular xodimlar malakasini oshirish uchun xarajatlarning yarmidan ko‘prog‘ini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar. Buning uchun ular o‘zlarining o‘quv markazlaridan, shuningdek, boshqa kompaniya va firmalar bilan birgaliqda tashkil etilgan o‘quv markazlardan foydalanadilar. Germaniyaning „Siemens” elektrotexnika konserni 82 ming nafar xodim jalb etilgan 8 mingta malaka oshirish dasturlariga ega.
Fransiyada 1984 yildayoq „Davlat va firmalar o‘zidagi kadrlar tayyorlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilingan. Bu erda personalni tayyorlash strategiyasini ishlab chiqishga firmalarning ishlab chiqarish kengashlari va kasaba uyushmalar jalb etilgan


1 Motivatsiyahozirgi davr boshqaruv nazariyasida insonlarning korxona (tashkilot) maqsadlariga erishish uchun qiziqish jarayoni, da’vat etish deb talqin etiladi.

AQSHda ham 1982 yidda „Kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etishda mahalliy hokimiyat organlarining korporatsiyalar bilan sherikligi to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilingan1.


Umuman hozirgi vaqtda ishchi kuchi sifati nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Globallashuv, jahon bozoridagi o‘ta keskin raqobat personalning yuqori malakaga ega bo‘lishini talab etmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda yuqori malakaga ega ishchilar AQSHda jami ishchilarning 45, Germaniyada esa 55 foizini tashkil etmokda.

Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin