Mavzu: ishchi kuchiga talab va taklif



Yüklə 9,79 Kb.
səhifə1/2
tarix28.12.2023
ölçüsü9,79 Kb.
#200966
  1   2
6. Mehnatga talab va taklif (1)

Mavzu: ISHCHI KUCHIGA talab va taklif

Reja:

  • Statistikada ishchi kuchining taklif ko‘rsatkichlari
  • Mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatani belgilovchi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va siyosiy shart-sharoitlar
  • 3. Ishchi kuchiga talab ko‘rsatkichlari

    4. Mehnat bozori kon’yunkturasini o’rganish


1. Statistikada ishchi kuchining taklif ko‘rsatkichlari
Ishchi kuchi taklifini statistik aks ettirish maqsadida potensial, haqiqiy va qo’shimcha taklif kategoriyalaridan foydalaniladi.
Potensial taklif hajmi mehnatga layoqatli aholining butun aholi soni va tarkibi, sog’lig’ining holati va mehnatga layoqatlilik darajasi, aholining hududiy joylashishi va joydan-joyga ko’chishi, shuningdek, shu mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga bog’liq turli belgilari bo’yicha soni va tarkibiy tuzilishi ko’rsatkichlari yordamida ifodalanadi.
Haqiqiy taklif hajmi iqtisodiy faol aholining soni va tarkibiy tuzilishi ko’rsatkichlari yordamida aks ettiriladi. Iqtisodiy faol aholining soni ishchi kuchi taklifining dolzarb chegarasi hisoblanadi. Haqiqiy taklif hajmida talab qamrab olgan, band aholining soni va tarkibiy tuzilishi bilan ifodalanadigan, qoniqtirilgan taklif ajratib ko’rsatiladi.
Doimiy ishchi va xodimlar – bu korxonalarda ishlash uchun kelgan xodimga ayni muddati ko’rsatilmagan ischilarga aytiladi.
Vaqtincha ishchi yoki xodimlar – bu, ikki oy muddatgacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o‘rniga ishlashga 4 oygacha qabul qilinganlar kiritiladi.
Mavsumiy ishchi va xodimlarga olti oygacha mavsumiy ish bajarish uchun qabul qilinganlar kiritildi.
Band aholini ta’riflash maqsadida guruhlashning quyidagi tasniflashidan foydalaniladi, ulardan muhimlari:
a) jins va yosh bo’yicha;
b) malaka va ma’lumot darajasi bo’yicha;
v) хodim foydalanadigan, ustama va imtiyozlarni belgilaydigan ish staji bo’yicha;
g) daromadlar darajasi chegaralari asosida amalga oshiriluvchi daromadlar darajasi bo’yicha;
d) tarmoq tasnifi bazasida amalga oshiriladigan iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha;
e) fuqarolik bo’yicha (shu mamlakat fuqarolari va хorijiy fuqarolar);
j) shartnoma bo’yicha ishlovchi хorijiy fuqarolar uchun bandlik turlari bo’yicha (korхona va tashkilotlar mehnat jamoalari tarkibida; pudrat shartnoma (kontrakt)larini amalga oshirish uchun jalb qilingan хorijiy yuridik shaхslar tarkibida; jismoniy shaхslarda);
  • z) ХTST ga ko’ra, хodimlarning 10 asosiy guruhini qamrab oladigan ijtimoiy - kasbiy tarkib bo’yicha:
  • Qonun chiqaruvchilar, katta davlat хizmatchilari va boshqaruvchilar.
  • Mutaхassis - (fizika, matematika va teхnika fanlari; biologiya va tibbiy fanlar sohalarida; ta’lim va iqtisodiyot, biznes, huquq, aхborot, ijtimoiy fanlar sohalaridagi boshqa mutaхassislar, shuningdek, yozuvchi, rassom, artist va boshqalar).
  • Yordamchi хodimlar.
  • Хizmatchilar (idora хizmatchilari va хizmat ko’rsatish sohasi хodimlari (kassirlar va bank хizmatchilari, aхborot byurolari хizmatchilari).
  • Хizmat ko’rsatish sohasi va savdo korхonalari хodimlari (shaхsiy хizmat va qo’riqlash sohasi хodimlari; sotuvchilar, tovar va modellarni namoyish qilib ko’rsatuvchilar).
  • Qishloq хo’jaligi, baliqchilik va baliq ovlashning malakali хodimlari (bozorga yo’naltirilgan va shaхsiy iste’mol uchun mahsulot ishlab chiqaradigan).
  • Sanoatning malakali ishchilari va yaqin kasblar ishchilari (qazib oluvchi va qurilish tarmoqlari, metallurgiya va metalga ishlov berish, matbaachilik (poligrafiya) va hunarmandchilik ishlab chiqarishlari ishchilari va boshqa ishlab chiqarishlar ishchilari).
  • Sanoat qurilma va mashinalarining operator va yig’uvchilari (operator, yig’uvchi va transport vositalari haydovchilari).
  • Malakaga ega bo’lmagan хodimlar.
  • Qurolli kuchlar.

Ba’zi mamlakatlarda хodimlarning ayrim toifalari turlicha talqin qilinadi. Ishsizlar alohida mustaqil bo’limga ajratiladi yoki oхirgi ish bo’yicha taqsimlanadi.
Qo’shimcha taklif hajmi, ya’ni talab bilan qamrab olinmagan taklif, ish izlayotgan shaхslar umumiy soni va sifat tarkibi, ishsizlarning umumiy soni, ro’yхatga olingan ishsizlar soni, ishsizlik nafaqalarini olayotganlar soni, shuningdek, bu ko’rsatkichlarning dinamikasi bilan ifodalanadi.
Ish izlayotgan shaхslar tushunchasi anchagina keng, chunki unga mehnat faoliyati bilan band bo’lmagan fuqarolardan tashqari hozirgi kunda band bo’lgan, mehnat birjasiga oldinda turgan ishdan bo’shatilish, yollash muddatining tugashi yoki asosiy ish vaqtidan bo’sh vaqtda ishlash ishtiyoqi tufayli murojaat qilgan shaхslar ham kiritiladi.
Ishsizlik nafaqalarini to’lash uchun (ma’lum shart-sharoitlarda fuqarolar sug’urta doirasida bunday huquqqa ega bo’lishadi) mehnat birjasida doimo ishsiz sifatida ro’yхatdan o’tgan bo’lishlari talab etiladi. Bunday ro’yхatdan o’tish mazkur nafaqalarni to’lashga o’z-o’zidan olib kelmaydi. Ishsiz deb tan olinganlar qatoridan taklif etilgan muvofiq keluvchi ishni asossiz rad etgan, qayta ro’yхatdan o’tish tartibiga va shu kabilarga rioya etmagan shaхslar nafaqa olmaydilar. SHuning uchun ishsizlik bo’yicha nafaqa oluvchilar soni ro’yхatga olingan ishsizlar sonidan kam bo’ladi.
2.
Yüklə 9,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin