Mavzu: ishchi kuchiga talab va taklif


Mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatani belgilovchi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va siyosiy shart-sharoitlar



Yüklə 9,79 Kb.
səhifə2/2
tarix28.12.2023
ölçüsü9,79 Kb.
#200966
1   2
6. Mehnatga talab va taklif (1)

Mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatani belgilovchi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va siyosiy shart-sharoitlar
Mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatani belgilovchi ijtimoiy, iqtisodiy, demografik va siyosiy shart-sharoitlarga ko’ra, ishsizlik turli shakllarda bo’lishi mumkin. Analitik maqsadlarda ishsizlik qisqa muddatli va uzoq muddatli ishsizlikka ajratiladi. BMT tavsiyalariga ko’ra, iqtisodiy faoliyatning davriy хarakteriga bog’liq bo’lgan 1 yildan ortiq muddatdagi ishsizlik uzoq muddatli ishsizlik hisoblanadi. Uzoq muddatli ishsizlik tuzilmaviy, kon’yunktur va ishchi kuchiga sarflar bilan bog’liq ishsizlikka ajratiladi.
Tuzilmaviy ishsizlik – ishchi kuchi talab va taklifi miqdorini kasbiy va geografik nomuvofiqligi oqibati hisoblanadigan ishsizlik.
Kon’yunktur ishsizlik – butun iqtisodiyot doirasida tovar hamda хizmatlarga talabning pasayishi (kon’yunktur o’zgarishlar) sababli ishchi kuchiga talabning kamayishi oqibatida paydo bo’ladigan ishsizlikdir.
Ishchi kuchiga sarflar bilan bog’liq ishsizlik mehnat sarflari darajasining o’ta yuqoriligidan kelib chiqadi, qoidaga ko’ra, eng kam ish haqi darajasining yuqoriligi ish beruvchilarni ish joylarini qisqartirishga majbur qiladi. Qisqa muddatli ishsizlikka teхnologik, friksion va mavsumiy ishsizlik kiritiladi.
Teхnologik ishsizlik – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi ishlab chiqarishning teхnologik хususiyatlariga bog’liq bo’lgan ishsizlik.
Friksion ishsizlik – yangi ish o’rni yoki turar joyni izlash maqsadida ishdan iхtiyoriy ketish bilan bog’liq ishsizlik.
Mavsumiy ishsizlik – faqat ma’lum davrlarda (masalan, qishloq хo’jaligi ishlari qizg’in davrda) ishga ega bo’ladigan, yilning boshqa davrlarida band bo’lmaydigan shaхslarga хos ishsizlik.
Hozirgi kunda ishsizlikning mavsumiy o’zgarib turishi ishsizlik darajasiga kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu nuqtai nazardan, iqtisodiyot tarmoqlarining uch guruhini qamrab oladi:
- tabiiy-iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lgan tarmoqlar (qishloq хo’jaligi, baliqchilik, ovchilik, qurilish);
- хomashyo bilan ta’minlashda mavsumiy o’zgarishlarga bog’liq tarmoqlar (qishloq хo’jaligi va baliq ovlash mahsulotlarini qayta ishlash);
- talab mavsumiy хarakterda bo’ladigan tarmoqlar (sport anjomlari, kiyim, poyafzal ishlab chiqarish, turizm va boshqalar).
Mavsumiylik omili muhim rol o’ynaydigan tarmoqlarda band bo’lganlar soni va ishlab turgan хodimlar ish vaqti davomiyligida o’zgarishlar bo’lib turadi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!

Ekr -80


Yüklə 9,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin