10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə7/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
10-mavzu PB

3. Uzluksiz ta’lim. Bu malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • ta’limning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intel-lektning nufuzi;

  • ta’limning demokratlashuvi — ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;

  • ta’limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvor-ligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;

  • ta’limning ijgimoiylashuvi — ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

  • ta’limning milliy yo‘naltirilganligi — ta’limning mil-liy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekistonda yashovchi xalkdarning madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy garaqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

  • ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltiril-ganligi;


  • Yüklə 408,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin