10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə6/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
10-mavzu PB

1. Shaxs. U kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs — fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. SHu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.
„Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek, ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rishni kafolatlaydi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
SHaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi, tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi.
2. Davlat va jamiyat. Ular kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va ivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat va jamiyat:

  • fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlari ro‘yobga chiqarilishiga;

  • majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga;

  • davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;

  • davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;

  • ta’lim oluvchilarni o‘qishi, ularning turmush vadam olish shart-sharoitlarini yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;

  • ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;

  • sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.


Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin