xodimlarni rivojlantirish salohiyati, ya’ni ularning hali foydalanilmagan bilimlari, qobiliyatlari mavjudligi;
Personalning rivojlanishga ehtiyoji;
personalni rivojlantirish imkoniyati, ya’ni moliyaviy, mehnat, texnika va boshqa resurslarning mavjudligi.
Personalning rivojlanishga ehtiyoji (9.8- rasm) deyilganda xodimlarning o‘z kompaniya va firmalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘z bilimi, ko‘nikmasini oshirish, kasbiy imkoniyatlariga yangicha qarashni ongli anglangan zarurat sifatida tushunishi anglanadi.
Rivojlanishga ehtiyoj hamisha ham o‘zgarishlarga mos tushavermaydi. YUzaga chiqqan muammolarni hal etish uchun hamisha ham birgina personalni o‘qitishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki tashkiliy tizimda o‘zgarishlar ham talab etiladi. Ular ishga qiziq-tirish va rag‘batlantirish tizimini, rahbarlik uslubini, ishni tashkil etish marketingini, mas’uliyatni qayta taqsimlashni va boshqa masalalarni o‘zgartirish zaruratini ham tug‘dirishi mumkin.
Kompaniya yoki firmada yangiliklarni joriy etishda muayyan qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Bu, birinchidan, personalga o‘zgarishlarning korxona an’analari bilan uzviy (yangilik — mavjud eskining ijobiy rivojlantirilgan ko‘rinishi) ekanligini anglatadi. Ikkinchidan, o‘zgartishlar kiritish tizimini — o‘qitish dasturlari, yangi yo‘riqnomalarni tarqatish bosqichlari va boshqa masalalarni hal etish vositalarini yaratish kerak bo‘ladi. Uchinchidan, jamoa a’zolari shaxsiy topshiriqlarini o‘zgartirish kerak. Bu o‘zgartirishlarni kim birinchi boshlashi ham ahamiyatli. U ushbu jamoa uchun rasmiy etakchi hisoblanmasa ham o‘z ortidan boshqalarni ergashtirish qobiliyatiga ega obro‘li shaxs bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Va nihoyat, to‘rtinchidan, yangiliklar jamoaga batafsil tushuntirilishi darkor. Tushuntirish sodda, ommabop bo‘lsa, savollar ham kam bo‘ladi.
Kompaniya yoki firmada personalni rivojlantirishga qulay muhitni yaratish uchun korporativ g‘oyani joriy etish muhimdir. Bu g‘oyalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: