5
2.Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning
haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi.
Ma’lum bo’ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon
bo’lib,uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko’rish
qiyin.Uni vaziyat,suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi
ekstralingvistik omillar ham belgilashi mumkin.
3.Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o’ziga xos xususiyatini tashkil
etadi. Matnda so’zlar, gaplar, abzaslar o’zaro mantiqiy bog’langan bo’lishi
lozim. Shuning uchun ham ilmiy matnlar bu izchillikni yuzaga keltiruvchi
ma’lumki,ma’lum bo’ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o’rinliki,
darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko’rinadiki,
ta’kidlash joizki,xulosa qilib aytganda,xulosa qilganimizda,birgina
misol,faqat bugina emas singari ko’plab bog’lovchi vazifasini bajaradigan
so’z va birikmalar qo’llaniladi.
4. Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning
uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi.
Gaplar darak mazmunida bo’lib, asosan sodda yoyiq holda bo’ladi.
Ommabop uslub. Tashviqot-targ’ibot ishlarini olib borishda qo’llanadigan
uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik,tushunarli
bo’lish, ta’sirchanlik,adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy
belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda
ishlatiladigan ko’rinishi og’zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda
ishlatiladigan ko’rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda
ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun
ta’sirchan so’z va birikmalardan,maqol va hikmatli so’zlardan ham
foydalaniladi.
Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar bu uslubdagi matnda
so’zlashuv uslubi elementlari ham ba’zan aralashib ketishi mumkinligini
ko’rsatadi.
Ma’lumki, publisistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi
yirik soha hisoblanib,ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va
televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar,
reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, feleton, pamflet,
e’lon,reklama singari qator janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov
doirasining kengligi o’z navbatida til birliklarining har bir janrda alohida
6
tarzda me’yorlashuvini taqozo etadi. Bu o’rinda esa me’yorlashishning
umumiy jihatlari xususida so’z yuritish imkoniyati mavjud.
Badiiy uslub.Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib,
tinglovchi yoki o’quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub
deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda
bo’ladi.Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsollar (obrazlar)
vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi : O’lkamizda fasllar kelinchagi
bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida
oddiy nutq so’zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Badiiy uslub
aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so’zlashuv va kitobiy
uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.Badiiy uslub o’zbek tili vazifaviy
uslublari orasida o’ziga xos mavqega ega bo’lib, ayni paytda o’zining
alohida me’yorlariga ham ega.Til materialini qamrab olish imkoniyatining
kengligi,umumxalq tilida mavjud bo’lgan barcha lingvistik birliklarning,shu
bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo’lgan elementlarning ham
ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani
bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan.
Dostları ilə paylaş: