Ilmiy-ommabop maqolalar muayyan talablarga javob beradigan, ilmiy asosga va g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan, aniq dalil va hujjatlarga asoslangan, masalani ijtimoiy talabga bog‘liq holda yoritadigan, ixcham va qiziqarli janrdir. Unda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali izchillik bilan ifodalanadi. Ommabop maqolalar ijtimoiy hayotning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limda ilmiy-ommabop maqolalarga keng o‘rin berilgan. Bunday asarlarni o‘qitishdan maqsad o‘quvchilarga ona- tabiat ko‘rki, yurtimizning boy ma’naviy merosga ega bo‘lgan o‘tmishi, bugungi ijtimoiy hayotda yaratuvchi kishilarning ulug‘vor mehnati haqida muayyan bilim berish, ularni kitob bilan mustaqil ishlashga va o‘qiganlaridan qoniqarli hayotiy xulosalar chiqara olishga o‘rgatishdan iboratdir.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish kitoblari kuzatilganda, ilmiy- ommabop maqolalarga keng o‘rin berilganligi hamda ularning tema- tik rang-barangligiga guvoh bo‘lish mumkin:
l. O‘quvchilarga ona Vatan va Istiqlol tuyg‘usini singdiruvchi maqolalar.
2. Tabiat ko‘rki va fasllar nafosatini vasf etuvchi maqolalar.
3. Barkamollik fazilatlarini hikoya qiluvchi maqolalar.
4. Ilmning xosiyatini anglash va kitobga mehr qo‘yishni targ‘ib qiluvchi maqolalar.
5. Ajdodlar ma’naviyati va milliy qadriyatlarni qadrlovchi maqolalar.
6. Tinchlik va ijodiy mehnatni sharaflovchi maqolalar.
7. Ekologik tarbiyaga undovchi maqolalar.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv dasturi talablari asosida tuzilgan «O‘qish kitobi» rang-barang mavzudagi ilmiy-ommabop maqolalarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qilish bilan birga, ularning dunyoqarashini kengaytirishga, bilim saviyasini ko‘tarishga e’tibor qaratadi. 2-sinf o‘quvchilari «O‘zbekiston — mening Vatanim» mavzusini o‘rganganda, Vatanimiz qanday nom bilan atalishini, unda qanday shaharlar borligini, turli millat vakillari do‘st-inoq yashashini, hamma uchun O‘zbekiston yagona Vatan ekanini faxr bilan anglay oladilar. 3-sinf o‘quvchilari Xurshid Davronning «Vatan mo‘tabardir» asarini o‘qiganda, qalblariga Vatan tuyg‘usi chuqurroq o‘rnashadi. Ular Vatanga bo‘lgan muhabbatni ona- tuproqdan, uning dalalari, qir-adirlari, moviyrang tog‘lari, dasht-u sahrolariga qo‘yilgan muhabbatdan boshlanishini turk davlati xoqoni O‘g‘uzxonning bir parcha tashlandiq yerni so‘ragan dushmanga:
«Vatan yolg‘iz bizning mulkimiz emas, mozorda yotgan otalarimiz va endi tug‘ilajak avlodlarimizning bu muborak tuproqda haqlari bordir. Vatandan ozgina bo‘lsa ham yer bermakka hech bir kimsaning haqqi yo‘qdir», deb bergan javobidan teran his qiladilar. Safar Barnoyevning 4-sinfdagi «Asrga tatigulik kun» nomli ommabop asari Istiqlol tufayli jahonga yuz tutgan O‘zbekiston nufuzini o‘quvchilarga namoyon etadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan mavsumiy hodisalar, hayvonot dunyosiga doir materiallar bevosita ularning kuzatishlari, ekskursiyalari, o‘quv filmlaridan foydalanishlari, peda- gogik texnologiyaga tayanib uyushtirilgan darslari asosida tahlil qilinadi. O‘quvchilarni bozor munosabatlariga o‘rgatishda ham omma- bop maqolalarning roli katta. Iqtisodiy bilimlarni shakllantirish maqsadida berilgan «Tejamli bo‘ling» (2-sinf) nomli maqolani o‘qib, bolalar tejamli bo‘lish uchun nima qilish kerakligini, tejam- lilik yaxshi odat ekanligini biladilar, «Toma-toma ko‘l bo‘lur, tommay qolsa cho‘l bo‘lur» degan xalq maqolining mazmunini, ha- yotiy ma’nosini anglab yetadilar. A. Zokirovning «Ro‘zg‘or daftari» (3-sinf) nomli ommabop maqolasi o‘qilganda, o‘quvchilar iqti- sodga doir dastlabki bilimdan bahramand bo‘lib, quyidagi savol va topshiriqlarga javob topadilar:
l. Iqtisod nima?
2. Bozor iqtisodida pulning xizmati haqida nimani bildingiz?
3. «Barter», «tovar», «biznes» so‘zlarining ma’nosini izohlang.
4. «Iqtisod», «tovar», «biznes», «barter» so‘zlarini daftaringizga yozib, ma’nosini bilib oling.
Boshlang‘ich ta’limda ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o‘qish darsi quyidagi tartibda shakllantirilishi mumkin:
o‘rganiladigan matn yuzasidan o‘quvchilarning hayotiy tajribasi va bilimini aniqlash maqsadida muammoli vaziyat yaratuvchi savol-javob usulidan foydalanish;
maqola tahliliga kirishishdan avval matn lug‘ati ustida ishlash;
maqola matnini ifodali o‘qish va uning rejasini jamoa bo‘lib tuzish;
maqolaning g‘oyaviy mazmunini muhokama qilishda tanlab o‘qish, qisqartirib hikoya qilish usulidan foydalanish;
umumlashtirish va xulosalash;
maqolaga mustaqil ijodiy munosabat bildirish.
Shunday qilib, ilmiy-ommabop maqolalar kichik yoshdagi bolalarni davr talabiga mos dolzarb masalalar bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi, qobiliyatini tiklaydi va nutq madaniyatini o‘stirishga yaqindan yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, boshlang‟ich sinflarda so‟zning morfemik tarkibi va so‟z yasalishini o‟rgatish o‟quvchilarning har bir so‟zga ongli munosabatda bo‟lishlari ta‟minlaydi, so‟z tarkibi va uning yasalishi haqida dastlabki tushunchalarni shakllantiradi. Boshlang‟ich sinf ona darslarining samarali bo‟lishiga erishish bir qator muhim talablarni hisobga olish zarur.Mazkur mavzu ustida ishlash jarayonida quyidagi umumiy xulosaga kelindi.
1. Bugungi kunda avlodga bilim sirlarni o‟rgatishga pedagogik texnologiyalardan yangicha foydlanishni davr talab qilinmoqda. Tizimli o‟qitish oldingi o‟qitishlardan farq qilish lozimdir.
2. Ona til darsida o‟quvchilarga o‟tgan darsga berilgan mavzuni savol-javob o‟tkazish asosida gapirtirish lozim.
3. Ona tili darslarida o‟quvchilariga mashqlarni bajarishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerakli tushuntirilib maxsus topshiriqlar berilsa, o‟quvchilar mas’uliyati ortadi.
4. Darslarda ko‟rgazmalilikdan foydalanish dars jarayonida rang-barang ish usularini qo‟llash o‟quvchilarning darsga bo‟lgan qiziqishlarni yanada ortiradi
5. Ona tili darslarida mustaqil ishlarning o‟rni ham solmoqli ahamiyatga ega, chunki yosh avlodni mustaqil ishlashga, fikrlashga o‟rgatish ularni ongli ravishda fikrlash qobiliyatlarni o‟stiradi va rivojlantiradi. Mustaqil ishlash o‟qitishning eng dolzarb usularidan biridir. O‟ndan har bir fanni o‟qitishda foydanilsa maqsadga muvofiq bo‟ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Yoʻldoshev Q. Adabiyot oʻqitishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: “Oʻqituvchi”, 1996.
2. Rez Z. Ya. i dr. Metodika prepodavaniya literaturы. -Moskva: 1995.
3. Adabiyot oʻqitish metodikasi. OʻUM, OʻzMU 2011.
4. Axmedov B., Mirzo Ulugbek. Tarixiy-biografik qissa. Toshkent G.Gulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1992.
5. Zununov A.N., Hotamov J. Esonov. Maktabda adabiyot oʻqitish metodikasi. Toshkent, “Oʻqituvchi” 1993.
6. Yoʻldoshev K. O.Madaev, A. Abdurrazoqov. Adabiyot oʻqitish metodikasi, dasturiy qoʻllanma. Toshkent, 1994.
7. Matchonov S. Badiiy asar matni ustida ishlash. Til va adabiyot ta’limi, 2002, 2-son, 4-12 betlar.
8. Mirqosimova M. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida epik asarlarni oʻrganish. Til va adabiyot ta’limi, 2003, 2-son, 28-33-betlar.