1-MT-22 guruh talabasi Qòldosheva Sarvara Faxriddin qizi “Bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim muassasasi,maktab va oilaning hamkorligi” mavzusidagi kurs ishiga ILMIY RAHBAR XULOSASI Mavzuning dolzarbligi:Kurs ishi mavzusi bugungi kunda pedagogika fani oldidagi dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bеlgilangan vazifalarning amalga oshirilganlik darajasi:Kurs shidan belgilangan maqsad va vazifalar ilmiy-amaliy, nazariy jihatdan to’la –to’kis amalga oshirilgan. Bajarilgan ishga talabaning munosabati:Talaba kurs ishiga pedagogik-psixologik jihatdan ijodiy yondashgan. Kerakli manbalardan to’g’ri foydalangan. Talabaning adabiyotlardan foydalanish va matеrialni mustaqil bayon eta olish ko’nikmalari:Talaba adabiyotlarni maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda to’g’ri tanlagan. Talaba o’z fikrini izchil ketma-ketlikda mustaqil bayon etgan. Talabaning tadqiqotchilik ko’nikmalari:Talaba kurs ishida belgilangan maqsad va vazifalar asosida qo’yilgan muammoniilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etgan. Talabaning kasbiy tayyorgarlik darajasi, ya'ni pеdagogik topshiriqlarni yеcha olishi, mustaqil qaror qabul qila olishiva hokazolar:Talaba kasbiy tayyorgarlikka ega,ishda belgilangan topshiriqlarni yechimini tahlil etgan va tog’ri qaror qabul qilgan Olingan natijalarning amaliyotga ta'lim jarayoniga qo’llash imkoniyati: MTMlarda tarbiyachilar pedagogic faoliyatlarida foydalanishi mumkin. Ishning talab darajasida rasmiylashtirilishi:Kurs ishi qo’yilgan talablar asosida to’g’ri rasmiylashtirgan. Himoyaga loyiqligi: Ishda ba’zi bir juz’iy kamchiliklar uchraydi bu ishning qimmatini kamaytirmaydi. Ish bilan to’liq tanishgan holda ishni ijobiy baholab himoyasiga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: dotsent N.T. Tosheva
1-MT-22 guruh talabasi Qòldosheva Sarvara Faxriddin qizi “Bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi,maktab va oilaning hamkorligi” mavzusidagi kurs ishiga TAQRIZ Mavzuning dolzarbligi:Kurs ishi mavzusi bugungi kunda maktabgacha pedagogika fani oldidagi dolzarb mavzulardan biri. Bajarilgan ishning unda bеlgilangan vazifalarga mos kеlishi:Kurs ishida belgilangan vazifalar mavzuga mos keladi. Vazifalar ishda ochib berilgan. Matеrialning mantiqiy bayon etilishi: Kurs ishida materiallar izchil ketma-ketlikda mustaqil mantiqiy bayon etildi. Ishga oid manbalarning to‘la va yеtarlicha tanqidiy tahlil etilganligi:Ishga oid manbalar to‘la va yetarlicha ilmiy-amaliy pedagogik jihatdan tahlil etilgan. Ishning mustaqil bajarilganligi: Ish talaba tomonidan mustaqil bajarilgan. Ishdagi fikrlarni anglash mumkin. Olib borilgan tajribaishlari samaradorligining to‘la va to‘gri baholangaligi:Kurs ishi yuzasidan ilmiy-amaliy tajribalar asosida ish samaradorlik darajasi belgilangan. Xulosalarning to‘lq izohlanganligi: Kurs ishi boblarida xulosalar berilgan. Har bir fasl yakunida fikrlar to‘la va aniq yakunlangan. Ishning amaliy ahamiyati: MTMlarda mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. Ishdagi kamchiliklar: Kurs ishida ba’zi bir kamchiliklar uchraydi bu ish mazmunini qimmatini kamaytirmaydi. Ishning talabdarajasida rasmiylashtirilishi: Kurs ishi talab darajasida rasmiylashtirilgan. Ishda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati mavjud.
Ishning himoyaga loyiqligi:Ish bilan to‘liq tanishgan holda, ishni ijobiy baholab himoyaga tavsiya etaman.