Ijodiy jarayonning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni
Fan yoki kurs borliqdagi obyektlarni o’rganish uchun harakat qiladi. O’z obyektini, predmetini, muammosini tanlaydi. O’qitiladigan barcha fan va kurslar ushbu jarayonsiz o’z mavqyeiga ega bo’la olmaydi. Ilmiy ijod metodologiyasi ham bundan istisno emas. Boz ustiga shiddat bilan o’tayotgan zamon falsafiy fanlarni qayta-qayta o’rganishga majbur qilayotir. Ayniqsa, uning metodologik va nazariy jihatlariga zamon talablari asosida yondashishga undamoqda. Shu munosabat bilan magistratura ta’limi jarayoniga kiritilgan ilmiy ijodni falsafiy tushunishga, uning mohiyatini, mazmunini chuqur anglashga jalb etadi. Ijod turlari, ayniqsa ilmiy ijod turlari serqirradir. Inson ijod kilmasa, yangi g’oyalarni yaratmasa, jamiyat taraqqiy qilmagan bo’lardi. Inson va jamiyat rivojida ijodning ahamiyati oshib, murakkablashib borgan. Inson ijodiga bo’lgan talab, ehtiyoj ham turli davrlarda har xil bulgan. Uni ichki va tashki omillarga ajratish mumkin:
1. Ichki omillarga:
Bilim rivoji darajasi
Inson tabiatiga xos tadqiqotchilik
Jamiyat va shaxs
manfaatdorligi
2.Tashqi omillarga:
Raqobat
Siyosat
Jamiyat ehtiyojlari
Jamiyat bir tekis rivojlanayotgan, keskin o’zgarishlar yaqqol ko’rilmagan davrda tadqiqot jarayonining borishida ichki omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Tarixning keskin nuqtalarida ba’zan tashqi omillar birlamchi ahamiyat kasb etib, ichki omil imkoniyatlarini faollashtirib yuboradi. XIX asr boshlarida Napoleon mamlakatga olib kelinadigan shakar o’rnini bosadigan mahsulot kashfiyoti uchun bir million frank mukofot berilishini e’lon qiladi. Shakar Yevropaga Sharqdan kelardi. Blokada yillarida shakar olib kelish mumkin bo’lmay qolgan edi. Kashfiyot amalga oshirildi va dunyoda birinchi marta qand lavlagidan shakar olish yo’lga qo’yildi.
Biroq amaliy tadqiqotlarni oziqlantirib turuvchi bilimlar tizimi shakllanmasa hayot, siyosatning ko’rsatmalarini, talablarini bajarib bo’lmaydi. Napoleon kimyogarlar oldiga sun’iy bo’yoqlar yaratish vazifasini qo’ygan, katta mukofot e’lon qilingan edi. Biroq, muammo aniq, kimyoviy bilim darajasi yuqori bo’lsa-da, uni hal qilib bo’lmadi. Faqat XIX asrning 60-yillaridagina moddaning strukturasi haqida nazariya yaratilib, bo’yoq molekulalari tuzilishi taxmin qilindi va sun’iy bo’yoqlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Bundan ko’rinadiki, tadqiqotda hal qiluvchi rolni ichki omillar o’ynaydi, tashqi omillar esa asosan ularni faollashtiradi va yo’naltiradi, ichki omillar rivojini tezlashtiradi, bor imkoniyatini ishga solishga safarbar qiladi. Ayniqsa hozirgi sharoitda inson ijodkorligiga bo’lgan talab nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etdi, XX asrda bu eng ta’sirchan muammolardan biriga aylandi. O’tmishda insoniyat hyech qachon o’z rivojlanishining ko’p yo’nalishlarida bu qadar muammolarga duch kelgan emas edi, ularni hal qilish zarurati esa yangi g’oyalari, original fikrlaydigan kishilarni shakllantirishni talab qilmoqda. Shuning uchun tadqiqot muammosi faylasuflarning, psixologlarning, sosiologlar va pedagoglarning diqqat-e’tiborini tobora ko’proq o’ziga qaratmoqda.
Ijod muammosi dolzarblashuvi sabablari:
hayot faoliyatining barcha sohalarida global inqirozning kuchayib borayotganligi;
tabiat resurslarining tugab borayotganligi;
-ta’lim darajasi yuksalishiga zid ravishda ommaviy madaniyatning keng tarqalib, tadqiqot imkoniyatlaming so’nish xavfini vujudga keltirayotganligi (millionlab kishilar tayyor sxema va texnologiyalarga aylantirilib, ko’p nusxada tarqatilayotgan o’zgalar tadqiqoti mahsullarini iste’mol qilib yashash bilan cheklanishlari mumkin).
Shunday qilib, jamiyat va insoniyatni rivojlantirgan ham, halokat bo’sag’asiga olib kelgan ham tadqiqot jarayonidir. Shu bilan birga jamiyat va insoniyat muammolarini samarali hal qilib, uni yuksaltiruvchi kuch ham tadqiqotdir.
Shunday ekan, tadqiqotning o’zi nima, uning rivojlanishi xususiyatlari qanday, inson tadqiqotiy salohiyati yuksalishi uchun nima qilish kerak, kabi savollar tug’ilishi tabiiy. Yangi fikr eski fikrlarning yig’indisidan iborat emas, shunday bo’lganda har qanday odam yangi fikrlar yaratgan bo’lardi.
Dostları ilə paylaş: |