Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari


Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Yüklə 332 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü332 Kb.
#165252
1   2   3   4
ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Ilmiy tadqiqotning sifati va natijasi izlanishda qo’llaniladigan vosita va usullarga bog’liq. Shu bois, fanda tadqiqot vositalari, texnologiyasi va usullariga e’tibor har doim katta bo’lgan.


O’rganilayotgan obyekt qanchalik murakkab bo’lsa, uning xossalari va qonuniyatlarini ochish uchun qanday vosita, asos yoki usulni ishlatish masalasi dastlab hal qilinishi kerak bo’lgan metodologik muammoga aylanadi. Mazkur muammo xususida mulohaza yuritish metodologiyani, ya’ni, metodologik bilim darajasini (qatlamini) tashkil qiladi.
Usul qanday xosil bo’ladi? Usul biron-bir aniqlangan qonuniyatni tadqiqot tamoyiliga aylanishidan, bir hodisaning qiymati, xossasi yoki doimiyligini (masalan, Plank doimiyligi) boshqa obyektni o’rganishga nisbatan qo’llashdan, tafakkurning tahlil qilish va umumlashtirish xislatini mantiqiy qoida sifatida foydalanishdan kelib chiqadi.
Tadqiqot yo’li, vositasi va usul masalalarini qo’yish va hal qilish ishlab chiqiladigan va qo’llanilishi mumkin bo’lgan yondashuv va usulni samaradorligini aniqlash imkoniyatini beradi. Busiz fanda aniq va asoslangan natijaga erishib bo’lmaydi.
Metodologik fikrlash va uslubiy aniqlik bo’lmasa, bunday holda izlanishda behuda, xaotik, samarasiz xatti-harakatlar ulushi ko’payadi. Shu bois, fanga jiddiy, aniq maqsad bilan qadam quygan kishi tadqiqot olib borish shakllari, vositalari, yo’llari va metodlari haqida mumkin qadar aniq tasavvurga ega bo’lishi, tadqiqot usulini ishlab chiqishi yoki tashkil qilishi, undan oqilona foydalana bilishi lozim. Faqat shundagina tadqiqotchilik faoliyati izchil, oqilonalik, tejamkorlik va samarali bo’lish xislatlariga ega bo’ladi, izlanish esa kashfiyot yoki ixtiro bilan yakunlanadi.
«Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi, predmeti va vazifalari

Tadqiqot olib birish qoida va usullarini bilish fanda samarali ijod qilish imkoniyatini beradi. Murakkab ilmiy muammolar bilan shug’ullanishga kirishgan yosh kuchlarda tadqiqotchilik malakasi hali yetarli bo’lmaydi. Shu bois, ilmiy tadqiqot metodologiyasida ishlab chiqilgan qoidalar, tamoyillar va uslubiy tavsiyalarni o’rganish ilmiy muammoni to’g’ri qo’yish, uni hal qilishga qaratilgan yondashuv va variantlarni oqilona tanlash yo’llarini ko’rsatadi. Shu holatdan kelib chiqib, mazkur fan maqsadini quyidagicha belgilash mumkin:



  • ilmiy ijod qilish, yangi bilimga erishish yo’llari va usullari;

  • ilmiy axborotni izlash va qayta ishlash;

  • ilmiy muammoni ifodalash va baholash;

  • olingan ma’lumotlarni xolisligi va takrorlash mumkinligini asoslab beradigan me’yoriy talabalardan foydalanish

  • natija va xulosalarni amaliyotga joriy qilish qoidalari haqidagi bilimlarni berishdir.

Fan oldiga qo’yilgan maqsadda uning predmetiga kirgan muammolarni o’rganish, olingan natijalardan nazariy va amaliy yo’nalishlarda foydalanish belgilanadi. Shuning uchun izlanish maqsadini oqilona tavsiflash bilan fan predmeti xususida aniq tasavvurga ega bo’lish o’rtasida ma’lum bog’lanish mavjud.
Fan predmeti aslida unda ko’rib chiqiladigan masalalarni umumlashtirib, qisqa shaklga keltirilgan ta’rifdir. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi quyidagi masalalar bilan shug’ullanadi:

  • ilmiy bilim qanday hosil bo’ladi? - tadqiqot nima?

  • axborot va faktlar bilan ishlash qanday amalga oshiriladi?

  • bilimni aniq va ishonchli bo’lishi nimalarga bog’liq? - usul nima? - usuldan foydalanish va uni yangilash qanday tarzda amalga oshiriladi?

  • tadqiqotning samaradorligi nima bilan belgilanadi?

  • tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish qoidalari va boshqalar.

Qayd etilgan savollarni umumlashtirsak fan predmeti kelib chiqadi.
Demak, «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» - bu ilmiy bilish mexanizmlari, tadqiqot vositalari va usullari, axborot bilan ishlash va olingan natijalarni rasmiylashtirish, amaliyotga joriy qilish yo’llari va qoidalarini o’rganadigan fandir. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fani oldiga quyilgan maqsaddan konkret vazifalar kelib chiqadi. Bular quyidagilardan iboratdir:

  1. Magistrantlar va yosh olimlarda nazariy va tajribaviy tadqiqot o’tkazish malakasini shakllantirish;

  2. Tadqiqotda axborot va faktlar bilan ishlash texnologiyasini

o’zlashtirish;

  1. Ilmiy tadqiqotni tashkil qilish, uni amalga oshirish rejalari va bosqichlarini ishlab chiqishni o’rganish;

  2. Magistrantlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish yo’llarini bilib olish;

  3. Ilmiy ijod qilish yo’llari va mexanizmlarini o’rganish;

  4. Ilmiy tadqiqot olib borish sharti bo’lgan tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllartirish.

Bu tadqiqotchini o’zi va boshqalar qo’lga kiritgan natijalarni xolisona baholash imkoniyatni beradi.

  1. Fan va texnologiyada paydo bo’layotgan innovasion g’oyalar va loyihalarni bilib borish va o’zlashtirish uquvini shakllantirish.

  2. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish qoidalari va talablarini bilish, amaliyotga joriy qilish malakasiga ega bo’lish.

Qayd etilgan qoidalar, talablar va tavsiyalarni o’rganib borar ekanmiz, natijada bizda tadqiqot olib borish malakasi shakllanadi, tushunchalar, tamoyillar va usullar bilan ishlash ko’nikmasi vujudga keladi. Ilmiy tadqiqot metodologiyasini o’rganishdan olgan bilimlarimizni izlanish amaliyoti bilan bog’lab borish jarayonida esa tadqiqot samaradorligi ortib boradi.
Xulosa:



  • Fan ijtimoiy institut bo’lib, unda farovonlikka erishish uchun zarur bo’lgan yangi g’oyalar, tushunchalar va nazariyalar ishlab chiqiladi, shular asosida yangi predmetlar, mexanizmlar va texnologiyalar ixtiro qilinadi.

  • Jamiyatni hozirgi taraqqiyot bosqichini fansiz, unda amalga oshiriladigan ilmiy va texnologik yangilanishlarsiz, kashfiyot va ixtirolarni ishlab chiqarishga tatbig’isiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

  • Fanning harakatlantiruvchi kuchi-bu yangi bilimlar va loyihalar ishlab chiqishga, ixtirolar qilishga qodir bo’lgan tadqiqotchilardir.

  • Fan poli(ko’p)strukturali ijtimoiy institut (muassasa) bo’lib, uning barcha tashkiliy bo’limlarida faoliyat va mehnat taqsimoti nizomlar va shartnomalar asosida mutanosiblashtiriladi.

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasini o’rganish yosh tadqiqotchilarda izlanish olib borish malakasi va mahoratni hosil bo’lishiga olib keladi.

  • Tadqiqot olib borishda metodologik fikrlash va uslubiy aniqlik bo’lmasa, ijobiy natijaga erishish imkoniyati kamayadi.

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasida ishlab chiqilgan tushunchalar, ko’rsatmalar va tavsiyalarni o’rganish ijod qilish, bilim va amaliyotni uzviy bog’lash uchun mustahkam zamin bo’lib xizmat qiladi.


Yüklə 332 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin