Ilmiy tadqiqotning turlari. Ilmiy tadqiqotlar tuzilishi; Eksperimental tadqiqotlar


Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi



Yüklə 281,43 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü281,43 Kb.
#167005
1   2   3   4
Ilmiy tadqiqotning shakllari.

Fundamental va amaliy tadqiqotlar quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va ifoda etish: – bo‘lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy adabiy manbalar bo‘yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash;
– muammolar bo‘yicha tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlarini belgilash va tasniflash;
– mavzuni ifodalash va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; – texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) umumiy kalendar rejasini tuzish;
– kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa foydali samarani oldindan belgilash.
2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash:
– mamlakat va xorijiy nashrlar bibliografik ro‘yxatini tanlash va tuzish (monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va b.), shuningdek, tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish;
– mavzu bo‘yicha manbalar va referatlar annotatsiyasini tuzish;
– mavzu bo‘yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish; – tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar: – obyekt va tadqiqot predmetini tanlash, fizik mohiyatini o‘rganish va tadqiqot topshirig‘i asosida ishchi farazni shakllantirish;
– ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq etish;
– tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish.
4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to‘g‘rilash yoki nazariy tadqiqotlarni inkor etish uchun):
– eksperimental tadqiqotlar maqsad va vazifalarini aniqlash;
– eksperimentni rejalashtirish va uni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish;
– eksperimental qurilmalarni va eksperimentning boshqa vositalarini yaratish;
– o‘lchov usullarini asoslash va tanlash;
– eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqish.
5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish:
– nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ularning farqlarini tahlil qilish;
– tadqiqot obyekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosalar;
– ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish;
– ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash;
– ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni retsenziya qildirish.

Yüklə 281,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin