Ilova elementlarining strukturaviy tahlilini o’rganish
Sevara Raxmonqulovna Ахmedova
A.Sevara000@gmail.com
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
Stilistikasi fan uchun ilmiy qiymatga ega bo’lib, ulardan nemis va
o’zbek tillarida badiiy asarlarni stilistik jihatdan tahlil qilish va qiyoslash mavzusida
ilmiy maqolalar yozishda, shuningdek o’quv qo’llanmalari yaratishda foydalanish
mumkin. Strukturaviy tahlillar nafaqat nemis tili stilistikasi uchun balki, hozirgi
o’zbek adabiy tili uchun ham ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir.
Kalit so’zlar:
Ilova, metod, xorijiy til, matn, qurilmalar, og'zaki nutq,
grammatik shakl
Structural of application elements study of analysis
Sevara Rakhmonkulovna Аkhmedova
A.Sevara000@gmail.com
Jizzakh Polytechnical Institute
Abstract:
Stylistics has a scientific value for science and can be used in the
writing of scientific articles on the stylistic analysis and comparison of works of art in
German and Uzbek, as well as in the creation of textbooks. Structural analysis is not
only for German stylistics, but It is also of scientific and practical significance for the
modern Uzbek literary language.
Keywords:
Application, method, foreign language, text, devices, oral speech,
grammatical form
Ma’lumki, O’zbekistonda chet tilini o’rganishga alohida e’tibor berilmoqda.
Oliy o’quv yurtilarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda chet tilining o’rni
beqiyosdir. Til o’rganishdan asosiy maqsad, talabalarda xorijiy (nemis) tilida gapirish
ko’nik masi hosil qilishdir. Bu maqsadning ro’yobga chiqishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar juda qo’l keladi. Hozirgi davrda malakali kadrlarning O’zbekiston
taraqqiyotidagi o’rni ulkandir. Ayniqsa jahonda ro’y berayotgan voqeylikni ommaga
yetkazishda tilchi kadrlarga ishonch berilgan [1].
Nemis tilini stilistikasi fani uchun ilmiy qiymatga ega bo’lib, ulardan nemis va
o’zbek tillarida badiiy asarlarni stilistik jihatdan tahlil qilish va qiyoslash mavzusida
ilmiy maqolalar yozishda, shuningdek o’quv qo’llanmalari yaratishda, shuningdek
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
583
oliy o’quv yurtlarida shu mavzuda maxsus kurslar o’tishda foydalanish mumkin.
Strukturaviy tahlillar nafaqat nemis tili stilistikasi uchun balki, hozirgi o’zbek adabiy
tili uchun ham ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir [3-4-5].
Stilistikaga oid bir qator masalalar nafaqat o’zbek olimlari, balki nemis olimlari
tomonidan ham o’rganilganda munozaralarga sabab bo’lib qolmoqda. Shunday
bahsli, muammoli masalalardan biri ilovali elementlar haqidadir.
1. Hozirgi zamon nemis adabiyotida ilova qurilma hodisasi keng tarqalgan
stilistik hodisadir. Ilova qurilmaning har-xil strukturaviy tiplari uchrab turadi. .
Endilikda ilova qurilma hodisasi sintaktik – stilistik hodisa sifatida turli tillarda
dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Tuzilishi jihatidan ilova qurilma ikkita katta guruhga
bo'linadi.
2. Biriktiruvchi bog'lovchilarsiz ifodalanib kelgan ilovali elementlar.
Biriktiruvchi bog'lovchilar yordamida ifodalanib kelgan ilovali elementlar. Aynan
shu biriktiruvchi bog’lovchilar yordamida va bog’lovchilarsiz ifodalanib kelgan
ilovali elementlar o’rganish va tahlil qilish mavzuning dolzarbligidir.
Nemis tilshunosligida bu holat stilistik hodisa sifatida o'rganiladi. Ilovali
qurilma hodisasi hozirgi nemis tili sintaksisida muhim o'rin tutadi. Nemis olimlari
G.Shtarke, U.Xoberk, L.Shpiser va boshqalar ilova qurilmani gap qurilishida chetga
chiqish, chetlashtirish, birikish, bo'linish yoki fikrni kengaytirib bayon etish kabi
atamalar orqali tushuntiradilar. Ilmiy adabiyotlarni ko'zdan kechirish natijasida ilova
qurilma hodisasi nemis tiliga xos xususiyatdir degan xulosaga kelish mumkin [6-7].
1. Ilova qurilmalar quyidagi bergilarga ega:
2. Sodda yoki qo'shma gaplar og'zaki nutqda to'xtalish (pauza), yozuvda esa
nuqta orqali;
3. bu bo'laklar bir-birlari bilan grammatik va semantik bog'lanish orqali; 4. ikki
bo'lakli tarkibiy qism; ajratilgan element asosiy vo'qea-hodisani ifodalanishi, bayon
etilishi bilan ajratiladi. Ilova qurilma hodisasi - bu qo'shimcha ibora
bo'lmasdan,bayon etilayotgan fikrning bo'laklarga ajratib ko'rsatilishidir. Nuqtadan
keyin ifoda etiladigan fikr gapdagi asosiy ifodaga qo'shimcha ifoda hisoblanadi:
Masalan:
Ob ich das gelesen habe. Einen kleinen Artikel des Schriftstellers unter
der Unterschrift. „Ein talentiertes Büchlein“. (E.M.Remarque)
Ein Schock konnte mich noch retten. Eine Frage. Zwei Worte.
Ba'zi ilovali elementlar to'liqsiz gaplarga ham o'xshab ketadi. Ilovali
qurilmadagi gaplar asosiy ifodaga bog'liq bo'lib, u bir shaxs tomonidan bayon
etilayotgan fikrni ifodalab kelib, ma'lumotlarning bir butunligini ko'rsatadi:
Masalan:
Er lächelte schwach. Ein bißchen ironisch (E.M.Remarque)
Elliptik gaplar dialogik nutqda sintaktik bir butunlikni ifoda etishda xizmat
qiladi:
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
584
„Hat dich jemand gesehen?“ fragte sie. Ja, Eine ältere Frau“. „Ohne Hut? Ja,
ohne Hut“.
Ma'no xususiyatiga ko'ra ilovali elementlar grammatik zamon ma'nosi bir
xillikniifoda etadi. Morfologik jihatdan ilova qurilmadagi fe'lning mayl, shaxs, son
kabi grammatik kategoriyalari mos kelishi lozim, aks holda u elleptik gapga aylanadi.
Ilova qurilmadagi gaplarning o'rnini almashtirish ham mumkin, bunda grammatik
ketma-ketlik o'zgarmaydi [8].
Agar asosiy ifodaga birikib kelgan ilovali elementning soni bitta bo'lsa, u holda
sodda strukturaviy ilova qurilma hisoblanadi. Murakkab strukturaviy ilova qurilma
deganda asosiy ifodaga birikuvchi ilovali elementlarning soni birdan ortiq bo'lgan
konstruksiyani tushunamiz.
Shuni ta'kidlash lozimki, ilovali element funksiyasida faqat so'z birikmalari
emas, balki to'liq gaplar, bog'langan qo'shma gaplar va ergashgan qo'shma gaplar
ham kela oladi.
Ilova qurilma hodisasi dastlab og'zaki nutq jarayonida yuzaga kelgan. Bunda
intonasiya muhim rol o'ynaydi. Yozma nutqda esa intonasiya nuqta bilan belgilanadi.
N.S.Pospelovning fikricha asosiy ifoda bilan ilovali element o'rtasidagi bog'liqlikda
ohang asosiy rol o'ynaydi. Buni o'rganishda ko'plab ilmiy ishlar olib borilgan. Og'zaki
nutqda katta ahamiyatga ega bo'lgan ohang yozma nutqda ham namoyon bo'lib, u
ilovali elementlarni ifoda etishda nuqta bilan belgilanadi.
Ilovali element ishtirok etayotgan gaplar ovozning pasayishi va biroz ohang
bilan to'xtalish yuz beradiki, buni e'tiborga olish lozim.
Turli xil ilova konstruksiyasining u yoki bu holda foydalanishi albatta
gapirayotgan yoki yozayotgan kishining maqsadiga bog'liq. Chunki ilovali
elementning avval aytib o'tilgan fikrga qo'shimcha ma'no anglatib kelishi va shu
fikrning ma'noviy xususiyatini kuchaytirishi uchun ishlatiladi. Shuning uchun ham bu
hodisani faqatgina og'zaki nutq jarayonida birdan yashirin ravishda sodir bo'luvchi
hodisa deb tushunmaslik kerak. Shuni ta'kidlash lozimki, ilova qurilma hodisasi
yozma nutqda ham keng tarqalgan va bu har bir yozuvchining xususiy uslubiga
bog'liq, boshqacha qilib aytganda ilova hodisaning va uning har-xil strukturaviy
guruhlarning yuzaga keltiruvchi va hal qiluvchi omil bu - uslubiy omildir.Bu hodisa
adabiyotlarda keng tarqalgan.
Ilovali elementlar ilova qurilma tarkibida xilma - xil uslubiy funksiyalarni ham
bajarib kelishlari mumkin. Ularning uslubiy funksiyalari asosan gap strukturasini
soddalashtirib, tasvirlanayotgan voqea - hodisalarning ta'sirchanligini, badiiyligini,
jonligini oshirish; tasvirlanayotgan voqea - hodisalarning ta'sirchanligini, badiiyligini,
jonliligini oshirish; tasvirlanayotgan voqea - hodisaga kitobxonning diqqat e'tiborini
jalb qilish va boshqalar. Bu asarlar ustida olib borilgan bizning kuzatishlarimiz
kelajakda ilova qurilmaning u yoki bu yozuvchining ijodida uchraydigan xuddi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
585
shunday hodisalarni qiyoslab o'rganishga asosiy omil bo'ladi degan niyatdamiz.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati kattadir. Ishning natijalari tahlil o'qish
jarayonida, stilistika fani bo'yicha bo'ladigan amaliy mashg'ulotlarda, shuningdek
nazariy va amaliy tarjima fanida keng ko'lamda qo'llanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |